Infografika

Oʻzbekistonning chempion paralimpiadachilari!

6 sentyabr kuni Tokiodagi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi kutib olindi.
"Yangi Oʻzbekiston" bogʻida sportchilarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamgʻarib, 162 mamlakat orasida 16-oʻrinni egalladi.
Paralimpiadadan vatanga qaytgan oʻzbekistonlik sportchi gʻoliblarga prezident sovgʻalari — oltin medal egalariga "Tahoe" avtomobili va Toshkent shahridan 3 xonali uy, kumush medal egasiga "Traverse" avtomobili va 2 xonali uy, shuningdek, bronza medal egalariga "Traiblazer" avtomobili va 1 xonali uy kalitlari topshirildi.
Shuningdek, prezident qaroriga koʻra, Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilariga oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming dollar berilishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala