O‘zbekistonning chempion paralimpiadachilari!

Obuna bo‘lish
6 sentabr kuni Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi kutib olindi.
"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida sportchilarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamg‘arib, 162 mamlakat orasida 16-o‘rinni egalladi.
Paralimpiadadan vatanga qaytgan o‘zbekistonlik sportchi g‘oliblarga prezident sovg‘alari — oltin medal egalariga "Tahoe" avtomobili va Toshkent shahridan 3 xonali uy, kumush medal egasiga "Traverse" avtomobili va 2 xonali uy, shuningdek, bronza medal egalariga "Traiblazer" avtomobili va 1 xonali uy kalitlari topshirildi.
Shuningdek, prezident qaroriga ko‘ra, Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilariga oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming dollar berilishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0