Panjsherda janglar qayta boshlandi

© Foto : National Resistance Press Office Sili soprotivleniya v Pandjshere
Sili soprotivleniya v Pandjshere - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Panjsherda qarshilik ko‘rsatish kuchlari toliblarga jang qilishni davom ettirmoqda.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Panjshirdagi qarshilik ko‘rsatish kuchlari ushbu provinsiyada “Tolibon”ga qarshi kurashni to‘xtatgani yo‘q, deb xabar qildi Afg‘oniston qarshilik fronti matbuot kotibi Ali Nazariy Twitterda.
"Andarab va Panjsher viloyati Hindukushdagi vatandonlar sher va burgutlar bugun uyimizni shu hafta kelgan ifloslikdan qahramonlik bilan tozalamoqda", - dedi Nazariy.
Provinsiya Pandjsher Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi
Avgust oyi boshida Tolibon* jangarilari AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketishi fonida hukumat kuchlari pozitsiyalariga hujum boshlashdi va 15-avgustda Kobulga kirishdi.
6 sentabr kuni Tolibon* nazoratga olmagan viloyat - Panjsherni qo‘lga kiritganini e’lon qildi. Qarshilik kuchlari bu ma’lumotni rad etishdi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0