Rossiya-O‘zbekiston: parvozlar jadvali va narxi e’lon qilindi

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Uzbekistan airways Rossiya shaharlariga sentabr oyi uchun mo‘ljallangan parvozlar jadvalini e’lon qildi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. “Uzbekistan airways” AJ sentabr oyi uchun Rossiya Federatsiyasining quyidagi shaharlariga aviaqatnovlar jadvalini e’lon qildi.
• Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent – har kuni, kuniga 4 ta qatnov;
• Samarqand - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 3 marotaba seshanba, payshanba va yakshanba kunlari (09, 12, 14, 16, 19, 21, 23, 26, 28, 30-sentabr);
• Termiz -Moskva (Domodedovo) - haftada bir marotaba chorshanba (08, 15, 22, 29-sentabr).
Noviy Airbus A320neo Uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2021
Uzbekistan Airways Moskvaga ilk loukost-tashuvlarni boshlaydi: chiptalar narxi
Qo‘shimcha ravishda “Uzbekistan Airways Express” qatnovlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
• Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent – dushanba va juma kunlari (10, 13, 17, 20, 24, 27-sentabr);
• Qarshi-Moskva (Domodedovo) – haftasiga bir marotaba payshanba kunlari (09, 16, 23, 30-sentabr);
• Urganch - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba seshanba va shanba kunlari (11, 14, 18, 21, 25, 28-sentabr);
• Buxoro - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26, 29-sentabr);
• Farg‘ona - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba, chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26, 29-sentabr);
• Namangan - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba seshanba va shanba kunlari (07, 11, 14, 18, 21, 25, 28-sentabr).
“Uzbekistan airways” AJ da bir tomonga parvoz narxi 3 899 000 so‘mdan*
“Uzbekistan Airways Express” yo‘nalishi bo‘yicha bir tomonga 1 502 000 so‘mdan*.
Samolet Airbus 320 Uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Uzbekistan Airways Moskvaga yangi modelga asoslangan aviaqatnovlarni boshlaydi
Shuningdek, “Uzbekistan airways” AJ va “Uzbekistan Airways Express” Toshkentdan Rossiya Federatsiyasining quyidagi shaharlariga aviaqatnovlarni amalga oshiradi:
• Toshkent-Qozon-Toshkent haftasiga 3 marotaba dushanba, seshanba va juma kunlari (10, 13, 14, 17, 20, 21, 24, 27 va 28-sentabr) 3 933 000 so‘mdan*;
• Toshkent-Mineralnie Vodi-Toshkent haftasiga bir marotaba dushanba kunlari (13, 20 va 27-sentabr) 1 565 000 so‘mdan* ("Uzbekistan Airways Express");
• Toshkent-Rostov-na-Don-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va shanba kunlari (08, 11, 15, 18, 22, 25 va 29-sentabr) 1 533 000 so‘mdan * ("Uzbekistan Airways Express");
• Toshkent-Krasnodar-Toshkent haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari (10, 14, 17, 21, 24 va 28-sentabr) 1 732 000 so‘mdan* (“Uzbekistan Airways Express”);
• Toshkent-Sochi-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26 va 29-sentabr) 3 939 000 so‘mdan*;
• Toshkent-Yekaterinburg-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26 va 29-sentabr) 3 922 000 so‘mdan*;
• Toshkent-Novosibirsk-Toshkent haftasiga 2 marotaba seshanba va payshanba kunlari (09, 14. 16, 21, 23 va 28-sentabr) 3 926 000 so‘mdan*.
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
“Uzbekistan Airways” samolyotlari yana “Domodedovo” aeroportiga qo‘na boshladi
O‘zbekiston shaharlaridan Rossiya Federatsiyasiga aviaqatnovlar:
• Namangan – Yekaterinburg – Namangan haftasiga 1 marotaba chorshanba kunlari (08, 15, 22 va 29-sentabr) 3 544 000 so‘mdan*
• Namangan – Novosibirsk – Namangan haftasiga 1 marotaba payshanba kunlari (09, 16, 23 va 30-sentabr) 3 547 000 so‘mdan*
• Namangan – Qozon – Namangan haftasiga 1 marotaba juma kunlari (10, 17, 24-sentabr) 3 428 000 so‘mdan*
*narxlar bir tomonga ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0