Rossiya

Rossiya toliblarni tan olish borasida hozircha hech qanday qaror qabul qilmagan – Peskov

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Kreml vakili toliblarning Rossiya tomonini Afgʻonistonning yangi hukumati tarkibini eʼlon qilishda ishtirok etishga taklif etganiga munosabat bildirdi.
TOSHKENT, 7 sen – Sputnik. Rossiya hozirda “Tolibon”* harakatini tan olish borasida hech qanday qaror qabul qilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
“Bilasizmi, hozircha toliblarni tan olish borasida hech qanday qaror qabul qilinmagan. Qolaversa, siz ham bilasizki, haqiqatdan u yerda nimalar sodir boʻlayotganini diqqat bilan kuzatyapmiz. Asosiysi esa biz hozircha toliblarning vaʼdalari, ularning bayonotlari qanchalik ularning kelgusidagi xatti-harakatlariga mos kelishini tushunishga urinyapmiz”, - deya javob berdi Peskov toliblarning Rossiya tomonini Afgʻonistonning yangi hukumati tarkibini eʼlon qilishda ishtirok etishga taklif etgani haqidagi savolga.
Peskov Moskva uchun toliblar davridagi Kobuldagi siyosiy tizim ham tizimli, ham shaxsiy jihatdan qanday boʻlishini anglash muhimligini taʼkidladi.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar Afgʻonistonning yangi hukumati tarkibini eʼlon qilishga tayyor
6 sentyabr kuni “Tolibon”* vakili Al Jazeera telekanaliga ular yangi afgʻon hukumati tarkibini eʼlon qilishga bagʻishlangan tadbirga Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron, Pokiston va Qatarni taklif qilishganini maʼlum qilgan edi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala