Jamiyat

RUDN Oʻzbekistonda 3ta malaka oshirish dasturini ishga tushiradi

© Sputnik / Petr Chernov / Fotobankka oʻtishZdaniye RUDN v Moskve
Zdaniye RUDN v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Rossiya universiteti Oʻzbekistonda taʼlim muassasalari kadrlari malakasini oshirishga yordam beradi.
TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Xalqlar Doʻstligi universiteti (RUDN) Oʻzbekistonda “Taʼlim sohasida menejment”, yoʻnalishida milliy kadrlar tayyorlash boʻyicha uchta dasturni ishga tushirmoqda, deb xabar qilmoqda oliygoh maʼmuriyati.
Malaka oshirish tadbirlari orasida quyidagi dasturlar amalga oshiriladi:
Taʼlim muassasalarini raqamlashtirish sharoitida loyiha boshqarish faoliyati;
Taʼlim jarayonlari boshqaruvida kasbiy koʻnikmalarni takomillashtirish;
OTM va oliygohlar aro hamkorlik sohachida zamonaviy yondashuvlar;
Oʻquv dasturining asosiy maqsadi – Oʻzbekistonda IT-sohasida loyihalar boshqaruvi bilan shugʻullanayotgan malakali kadrlar darajasini oshirishdir. Undan tashqari maʼmuriy-xoʻjalik faoliyati olib borayotgan kadrlarning professional koʻnikmalarini oshirish uchun sharoit yaratish va taʼlim muassasalarining xalqaro hamkorligi yoʻnalishida zamonaviy yondashuvlar ishlab chiqishdir.
”Ushbu malaka oshirish dasturlari yoʻnalishlari milliy kadrlar ehtiyojlarini monitoring qilish hamda Oʻzbekistonda 2018-2020 yillarda oʻtkazilgan malaka oshirish dasturlarining samaradorligini tahlil qilish asosida tuzilgan”, - deb izoh berdi RUDN.
Oʻquv darslari 20 sentyabrdan boshlanib 9 oktyabrga qadar davom etadi. Mashgʻulotlarni RUDN oʻqituvchilari masofaviy shaklda olib borishadi. Batafsil maʼlumot bilan quyida tanishish mumkin.
Malaka oshirishda ishtirok etish uchun elektron koʻrinishda ariza hamda saytda berilgan anketani toʻldirish kerak. Oʻquv jarayoni bepul boʻlib, kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan eshituvchilarga sertifikat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader