Hodisalar

Sirdaryoda bir qizni Rossiyaga fohishalikka joʻnatmoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olindi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishRuki v naruchnikax.
Ruki v naruchnikax. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Fuqaro bu ishni Rossiyadagi tanishi bilan oldindan til biriktirib sodir etmoqchi boʻlgan.
TOSHKENT, 7 sen – Sputnik. Sirdaryo viloyati Guliston shahrida bir qizni Rossiyaga fohishalik bilan shugʻullanish uchun joʻnatayotgan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
DXXning Sirdaryo viloyat boshqarmasi bilan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda S.Oʻ. fuqaro N.ni Rossiyaga fohishalik bilan shugʻullanish uchun Toshkent xalqaro aeroportiga olib ketayotgan vaqtida ushlangan. U qizga “Toshkent-Domodedovo” yoʻnalishi boʻyicha aviachipta xarid qilgan. S.Oʻ.ning Rossiyada sherigi ham boʻlgan. Ular bu ishni oldindan til biriktirib sodir etishmoqchi boʻlishgan.
Jenskiye ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Hodisalar
Toshkentda uch qizni Turkiyaga fohishalikka joʻnatayotgan ayol qoʻlga olindi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader