Video

Toshkent Paralimpiada qahramonlarini minnatdorlik bilan kutib oldi - video

Tokio Paralimpiadasida 16 oʻrinni egallagan Oʻzbekiston jamoasi vatanga 19ta mukofot bilan qaytishdi: 8ta oltin, 5ta kumush va 6ta bronza.
Oʻzbekistonlik sportchilarning muvaffaqiyati kutilganidan ham ortiq boʻldi, asosiysi - sportchilar barcha qiyinchiliklarini yengib oʻtib oʻzlariga va butun dunyoga nimalarga qodir ekanliklarini namoyish qilishdi, deb oʻz mulohazalari bilan boʻlishdi turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov.
"Aksariyat uchun sport bilan shugʻullanishning oʻzi bir yutuq. Bunday nufuzli musobaqada ishtirok etish esa - buyuk sharafdir. Shuning uchun ularning barchasi biz uchun qahramonlardir", - dedi vazir.
Tokio Oʻyinlarida eng yorqin gʻalabalardan biriga erishgan sportchi Safiya Burxanova, ikki hafta davom etgan musobaqalar va bir necha soatlik parvozlardan soʻng oʻyga qaytishdan juda mamnun ekanini qayd etdi.
Sportchilar Toshkent Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi, ularga zarbop choponlar kiydirildi va tantalari kortej bilan Toshkent boʻylab aylantirildi.
Ushbu yorqin marosimni Sputnik muxbiri lavhalarida tomosha qilishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala