Hodisalar

Toshkentda oʻgʻil oʻz onasini rashk tufayli oʻldirib qoʻydi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Oʻz onasini begona erkakdan rashk qilib, oʻldirib qoʻygan 25 yoshli oʻgʻilga sud hukmi oʻqildi
TOSHKENT, 7 sen - Sputnik. Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 47 yoshli ayol rashk sabab oʻzining 25 yoshli oʻgʻli tomonidan pichoqlab, oʻldirildi.
Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi maʼlum qildi.
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Hodisalar
Fargʻonada oʻsmirlar taksichini vaxshiylarcha oʻldirib, dalaga tashlab ketishdi
Xabarda aytilishicha, farzandi kichikligida eri bilan ajrashib ketgan ayol begona erkaklar bilan munosabatda boʻlishi, baʼzan ularni uyiga olib kelishi ortidan ona va oʻgʻil oʻrtasida doimiy tortishuvlar yuzaga kelib turgan.
Yillar davomida takrorlangan ushbu holat oʻgʻilda onaga nisbatan kuchli nafrat tuygʻusi shakllanishiga olib kelgan.
Shu tariqa, oʻgʻil 2021 yilning 16 mart kuni kechasi oʻz onasini begona erkakdan rashk qilib, oshxona pichogʻini uning oʻng tomon boʻyin orqa yuzasiga sanchib, oʻldirgan.
Soʻngra sodir etgan jinoyatni yashirish maqsadida jasadni oʻzi yashab kelgan xonadonning yertoʻlasiga koʻmib qoʻygan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Hodisalar
Qashqadaryoda ota mast holatda oʻgʻlini temir boʻlagi bilan urib oʻldirdi
Shundan soʻng qotil 17 mart kuni mahalla inspektoriga onasini qidirib topishda yordam soʻrab, murojaat qilgan. Tekshiruvlar natijasida jasad qotillik alomatlari bilan topilgan.
Jinoyatchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-modasi (qasddan odam oʻldirish) 1-qismiga koʻra, u aybiga toʻliq iqror boʻlgani, uylanmagani kabi holatlarni inobatga olib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala