Jamiyat

Yangi Oʻzbekiston universitetiga kirish imtihonlarida DTM ishtirok etmadi

© SputnikSdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Yangi Oʻzbekiston universiteti "Dunyoning eng yaxshi 100 universitetlari" reytingida 1-oʻrinda turadigan Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlik qiladi.
TOSHKENT, 7 sent – Sputnik. Toshkent shahrida "Bunyodkor" stadioni hududida Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan Yangi Oʻzbekiston universiteti uchun ilk marotaba qabul imtihonlari boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Qayd etilishicha, Yangi Oʻzbekiston universitetiga kirish imtihonlarining 1-bosqichida — jami 6000 dan ortiq abituriyent roʻyxatdan oʻtgan. Ulardan ikkinchi bosqichga 1213 nafar nomzod muvaffaqqiyatli oʻtib, test sinovlariga kirishi belgilangan. Jarayonga jami 3 soat vaqt ajratildi. Imtihonlar "Cambridge Assessment" tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan boʻlib, unda yigʻish mumkin boʻlgan maksimal ball 60 ballni tashkil etadi.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Jamiyat
Yangi Oʻzbekiston universiteti barcha bilimdon yoshlar uchun ochiq – Asadov
Test javoblarini tekshirishga ham ‘Cambridge Assessment’ tashkilotining oʻzi masʼul boʻladi va bu jarayonlarga Davlat test markazi aralashmaydi. Savollar 10–11 sinf maktab darsliklari asosida tuzilgan. Imtihon natijalari sentyabr oyining oxiriga qadar eʼlon qilinishi koʻzda tutilgan. Qabul kvotasi esa 300 nafarni tashkil qiladi.
Maʼlumot oʻrnida, Yangi Oʻzbekiston universiteti oʻz yoʻnalishida "Dunyoning eng yaxshi 100 universitetlari" reytingida 1-oʻrinda turadigan Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala