Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻonistonda tez kunda ochlik boshlanishi mumkin - BMT

© REUTERS / Saeed Ali AchakzaiAfgantsы v improvizirovannom lagere vozle jeleznodorojnoy stantsii v Chamane, Pakistan
Afgantsы v improvizirovannom lagere vozle jeleznodorojnoy stantsii v Chamane, Pakistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ochlik xavfiga duch kelgan afgʻon xalqiga yordam berish uchun 600 million dollar yigʻish zarurligini taʼkidlamoqda.
TOSHKENT, 8 sent – Sputnik. Afgʻonistonda oziq-ovqat va hayot uchun boshqa zaruriy mahsulotlar zahiralari tugamoqda, deb xabar qildi BMT gumanitar muammolarni muvofiqlashtirish boshqarmasi.
Xabarda aytilishiga koʻra, afgʻon xalqiga yordam berish uchun hozirdanoq 600 million dollar yigʻish zarurligiga ishora qilgan.
"Oziq-ovqat va boshqa hayotiy zarur mahsulotlar tez orada tugaydi. Biz xalqaro donorlarni tez va saxovatli yordam koʻrsatishga chaqiramiz", — dedi tashkilot vakili Yens Layerke.
Biroz oldin bir necha xalqaro ekspertlar Afgʻonistonda oʻta jiddiy oziq-ovqat tanqisligi xavfi borligini taʼkidlagan edi. Bunga mamlakatdagi beqarorlik va bu yilgi hosilning kamligi sabab sifatida koʻrsatilgan. Ushbu vaziyatda mamlakat xorijiy oziq-ovqat yordamiga juda bogʻliq ekaniligi aytilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin BMT "Tolibon" harakatiga va qoʻshni davlatlarga Afgʻoniston chegaralarni yopmaslik haqida murojaat bilan chiqqan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala