Siyosat

Bahrom Abduhalimov “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi

Baxrom Abduxalimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
“Adolat” SDPdan nomzod Bahrom Abduhalimov boʻlajak prezident saylovlarida “Adolat — hayotimizning bosh mezoni” shiori ostidagi ishtirok etadi.
TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Oʻzbekiston “Adolat”sotsial-demokratik 2021 yilgi prezident saylovlariga partiya rahbari Bahrom Abduhalimovni nomzod sifatida rasman tasdiqladi. Bu haqda partiyaning 8 sentyabr kuni oʻtkazilgan X qurultoyida maʼlum qilindi.
Bahrom Abduhalimov oʻz saylovoldi dasturining maqsad va vazifalari, ustuvor yoʻnalishlarini maʼlum qildi.
Xususan, tabiiy boyliklar, jumladan, tabiiy gaz va elektr energiyasi avvalo xalqqa berilishi, ehtiyojdan ortigʻi esa chetga sotilishi yoʻlga qoʻyiladi.
“Biz bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga hozirgidek uch yoshidan emas, ikki yoshidan boshlab, hech qanday navbatlarsiz yuz foiz qamrab olamiz” – dedi u.
Shuningdek, Abduhalimovning soʻzlariga koʻra, taʼlim tizimida kechayotgan tarqoqliklardan, qarama-qarshiliklardan voz kechish uchun Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirliklarini yagona – Taʼlim vazirligiga aylantirish maqsad qilingan.
Kandidat v prezidentы Uzbekistana ot NDPU Maksuda Vorisova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Siyosat
Maqsuda Vorisova prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi
Maʼlumot uchun, Bahrom Abduhalimov 1959 yil 27 fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1981 yil). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, boʻlim boshligʻi, ilmiy kotib, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, direktor, Oʻzbekiston prezidenti davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. Tarix fanlari doktori, Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim.
U 2011—2020 yillarda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 2020 yilning oktyabrida "Adolat" SDP siyosiy kengashi raisi etib saylangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader