Jamiyat

Bosh muftiy lavozimiga nomzodlar koʻrib chiqilmoqda – OʻMI

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarovmechet Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa obщiy vid
mechet Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa obщiy vid - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi yangi muftiy nomzodi yuzasidan asossiz mish-mishlarni tarqatmaslikka chaqirdi.
TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov vafotidan koʻp oʻtmasdan ijtimoiy tarmoqlarda “Kim yangi muftiy boʻladi?” degan mazmundagi muhokamalar koʻpayib ketdi.
Har xil asossiz mulohazalar va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarga chek qoʻyish maqsadida mamlakat musulmonlari idorasi bu xabarlarga munosabat bildirdi.
“...ayrim ijtimoiy tarmoq yurituvchilari falon ulamo muftiy vazifasiga tayinlandi, degan mazmundagi asossiz axborotni tarqatib, aholini yolgʻon maʼlumotlar bilan chalgʻitayotgani kuzatilmoqda. Natijada shunday gap-soʻzlarni tarqatish orqali el-yurt hurmat qiladigan va ehtirom koʻrsatadigan ulamolarning ruhiyatiga salbiy taʼsir ham oʻtkazilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Idora fuqarolarni asl holat va mavjud vaziyatni bilmay turib, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan xabarlarni tarqatishdan saqlanishga chaqirgan. Shuningdek, yolgʻon axborot tarqatish jurnalistik etikasiga ham, ijtimoiy tarmoq yuritish odobiga ham, din taʼlimotiga ham zid ekanini maʼlum qilgan.
“Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ustavining tegishli bandiga asosan Diniy idora raisi, muftiy Ulamolar Kengashi yigʻilishida besh yil muddatga saylanadi. Muftiy lavozimiga saylanayotgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, oliy diniy maʼlumotli, kamida oʻn yil Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida ishlagan, ulamolar hamda xalq orasida obroʻ va ishonch qozongan boʻlishi lozim”, - deyilida OʻMI bayonotida.
Taʼkidlanishicha, ayni kunlarda muftiy lavozimiga munosib nomzodlarni atroflicha koʻrib chiqish, mehnat faoliyatlarini oʻrganish, bilim salohiyatlarini mezonga solish, ish tajribalarini kuzatish va xalq orasidagi obroʻ-eʼtiborlariga baho berish ishlari olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev posetil dom Usmonxona Alimova, vыrazil soboleznovaniya yego semye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Jamiyat
Prezident muftiy Usmonxon Alimov xonadoniga borib, uning oilasiga taʼziya bildirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader