Jamiyat

Choʻl hududlarida yangi yaylovlar tashkil etiladi

© Ramiz BaxtiyarovPastbiщe na uzbeksko-afganskoy granitse
Pastbiщe na uzbeksko-afganskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Joriy yildan eʼtiboran yaylov chiptasi tashkil qilingan boʻlib, bunda chorvador Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi roʻyxatida boʻlgan yaylov yerlari xajmini onlayn kuzatishi hamda uni ijaraga olish imkoniga ega.
TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Bu yil iqlim noqulay kelganligi sababli chorva mollari ozuqasi tanqisligi koʻpchilik chorvadorlarni oʻylantirdi. Shu bois choʻl hududlarida yaylov maydonlarini yaratish maqsadida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Chorvachilik xoʻjaligi bilan hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Iqtisod
Tojikiston - Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi tashkil etilmoqda
Maʼlumki, bugungi kunda goʻsht mahsulotlarining 90 foizi, sut mahsulotlarining 50-60 foizi ozuqaga bogʻliq.
“Oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi 2,7 million gektarga yaqin yaylov hududlari Qorakoʻlchilik va pillachilik qoʻmitasiga 0 balansda doimiy foydalanishga berildi. Bu chorva ozuqasi tanqisligiga olib kelishi mumkin degan xavotirni uygʻotmasligi kerak”, - deydi Oʻzbekiston Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori Abdushukur Hamzayev.
Uning soʻzlariga koʻra, choʻlda yaylov ozuqalarini koʻpaytirish, oʻsimlik urugʻlarini kichik aviatsiyalar orqali sepish ishlari allaqachon boshlangan. Bu yildan boshlab test rejimida yaylov chiptasi tashkil qilingan boʻlib, bunda chorvador Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi roʻyxatida boʻlgan yaylov yerlari xajmini onlayn kuzatishi hamda uni ijaraga olish imkoniga ega. Yaylovlarni asalarichilik yoʻnalishiga esa ijarasiz bepul berish yoʻlga qoʻyilgan.
Avvalroq, qoʻmita Toshkentni yashil hududga aylantirish borasidagi rejalarini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader