Energetika vazirligi 3 ta yangi quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun tender e’lon qildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSolnechnie paneli
Solnechnie paneli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
Namangan (150 MVt), Buxoro (250 MVt) va Xorazm (100 MVt) viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt gacha bo‘lgan uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish nazarda tutilgan.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Energetika vazirligi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun tender e’lon qildi.
Tenderining “Talablarga muvofiqlik so‘rovnoma” birinchi bosqichi mustaqil quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchilar (investorlar) o‘rtasida o‘tkazilmoqda.
Loyihada Namangan (150 MVt), Buxoro (250 MVt) va Xorazm (100 MVt) viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt gacha bo‘lgan uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish nazarda tutilgan.
“Tenderda g‘olib kelgan investor quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, 25-yil davomida ishlatishi va texnik xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda. Buxoro viloyatidagi loyiha uchun elektr energiyasini saqlash batareyalarini qurish va ishlatish uchun narxlar so‘rovi ham o‘tkaziladi”, - deyilgan xabarda.
S kompaniyey Masdar podpisani soglasheniya po dvum solnechnim elektrostansiyam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
“Masdar” bilan ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi
Yangiliklar lentasi
0