Dunyoda

Indoneziyadagi qamoqxonada yuz bergan yongʻin 40 kishining umriga zomin boʻldi

© AP Photo / Dita AlangkaraV Indonezii v rezultate pojara v tyurme pogibli 40 chelovek
V Indonezii v rezultate pojara v tyurme pogibli 40 chelovek - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Tangerang shahridagi qamoqxona binosi ichidagi yongʻin 8 sentyabrga oʻtar kechasi boshlangan.
TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Indoneziyaning Banten viloyati Tangerang shahridagi qamoqxonada yuz bergan yongʻin oqibatida kamida 40 kishi qurbon boʻldi. Bu haqja telekanal CNN Indonesia telekanali muassasa vakili soʻzlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, jabrlanganlar ham bor va ular kasalxonaga yotqizilgan. Hozircha ular soni ochiqlanmayapti
Hodisalar
Bulungʻurda katta yongʻin roʻy berdi: 20ta savdo doʻkonlari yonib kulga aylandi
Reuters agentligining xabar qilishicha, qamoqxona binosi ichidagi yongʻin 8 sentyabrga oʻtar kechasi boshlangan va hozirda u bartaraf etilgan. Bino ichidagi shaxslar evakuatsiya ilingan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala