Kamilov Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar TIV rahbarlari uchrashuvida ishtirok etdi

© press-slujba MID UzbekistanaGlava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda Afg‘oniston bilan barqaror xalqaro aloqalar, ayniqsa, uning gumanitar rivojlanish ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy raisligida Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda Xitoy, Eron, Tojikiston, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari ishtirok etdi.
Uchrashuv qatnashchilari Afg‘oniston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, tinchlik, xavfsizlik, milliy yarashuvni ta’minlash, Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaslik va barqaror rivojlanish tamoyillari tarafdori ekanligini bildirib, mamlakat kelajagi o‘z xalqi tomonidan belgilanishi kerakligini qayd etdilar.

“Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi mintaqaviy bog‘liqlikning muhim bo‘g‘inidir. Shu ma’noda, Afg‘onistonni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb qilish mamlakat iqtisodiyotini tiklashga samarali imkoniyat yaratadi”, - dedi O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov

Ta’kidlanishicha, barqaror, tinch va farovon Afg‘oniston butun ko‘p millatli afg‘on xalqi va jahon hamjamiyati manfaatlariga javob beradi.
Afg‘oniston bilan barqaror xalqaro aloqalar, ayniqsa, uning gumanitar rivojlanish ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
Umumiy muammolarni hal etish hamda tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik va iqtisodiy integratsiyani qo‘llab-quvvatlashmaqsadida qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik hamdayaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish uchun birgalikda harakat qilish zarurligi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0