Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Panjsher marshal Doʻstum ishtirokida Tolibon*ga yoqimsiz syurpriz tayyorlamoqda

© AFP / Ahmad Sahel ArmanAfganskoye dvijeniye soprotivleniya vo patrulirovaniya v provintsii Pandjsher, Afganistan
Afganskoye dvijeniye soprotivleniya vo patrulirovaniya v provintsii Pandjsher, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Tolibon* rejimini maʼqullamagan sobiq afgʻon rasmiylari mamlakatning Milliy qarshilik frontini qoʻllab-quvvatlovchi kengashni tuzadi.
TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Tolibon* rejimini maʼqullamagan sobiq afgʻon rasmiylari mamlakatning Milliy qarshilik frontini qoʻllab-quvvatlovchi kengashni tuzadi. Bu haqda Dushanbeda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Afgʻonistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agʻbar maʼlum qildi.
 Axmad Shax Masud - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar Ahmad Shoh Masʼudning qabrini tahqirlashdi
Unga koʻra, ular yaqin vaqtlarda kengashni chaqirishni rejalashtirmoqda.
"Afgʻonistonning siyosiy liderlari, shu jumladan marshal Abdul-Rashid Doʻstum, yaqinda Milliy qarshilik frontini qoʻllab-quvvatlash kengashini tuzadilar",- dedi elchi.
Diplomat respublikaning yangi hukumati bilan ishlash niyati yoʻqligini taʼkidladi, chunki u inklyuziv hukumat emas. Endi u mamlakat sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solihning Tojikistondagi vakili boʻladi.
Agʻbar jahon hamjamiyatini kuni kecha eʼlon qilingan Afgʻoniston Vazirlar Mahkamasi tarkibini tan olmaslikka chaqirdi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader