Sport

MDH oʻyinlarida Oʻzbekiston jamoasining medallari soni 59 taga yetdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishI Igrы stran SNG. Tayskiy boks
I Igrы stran SNG. Tayskiy boks - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Umumjamoa hisobida oʻzbekistonlik sportchilar esa 59 ta medal bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda.
TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida davom etayotgan 1-MDH oʻyinlarida bugungi kungacha basketbol, boks, belbogʻli kurash, sambo, erkin va yunon-rum kurashi bellashuvlari oʻz nihoyasiga yetdi.
8-sentyabr holatiga koʻra, umumjamoa hisobida Rossiya 105 ta medal bilan birinchi, oʻzbekistonlik sportchilar esa 59 ta medal bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Keyingi oʻrinlarni Ozarbayjon, Qozogʻiston va Belarus vakillari band etishgan.
Bugun tay-boks, badminton, miltiqdan va stentdan oʻq otish, sport raqsi boʻyicha bahslar boʻlib oʻtmoqda.
Predstaviteli komandы Uzbekistana na tseremoniya otkrыtiya I Igr SNG - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Sport
MDH oʻyinlarida oʻzbekistonliklar raqiblarini dogʻda qoldirishmoqda
Oʻzbekistonlik sportchilar bu yoʻnalishlarda ham medallarga daʼvogarlik qilishmoqda. Shuningdek, bugun kun davomida futzal boʻyicha guruh bahslari oʻtkaziladi. Qurʼa natijalariga koʻra, “A” guruhida Rossiya, Oʻzbekiston, Moldova jamoalari, “B” guruhida esa Belarus, Ozarbayjon, Qirgʻiziston joy olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala