Siyosat

Oʻzbekiston Afgʻonistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi - TIV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Tashqi ishlar vazirligi Afgʻonistonda muvaqqat hukumat tuzilishi yuzasidan bayonot berdi.
TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻonistonda muvaqqat hukumat tuzilishi yuzasidan bayonot berdi.
“Oʻzbekiston Afgʻonistonda muvaqqat Hukumat tuzilganini olqishlaydi. Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng koʻlamli milliy kelishuvga erishilishi hamda mustahkam tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishi tomon ilk qadam boʻlib qoladi. Afgʻonistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligimizni bildiramiz”, - deyilgan bayonotda.
Kuni kecha, 7 sentyabr kuni toliblar* Afgʻonistonning yangi hukumati tarkibini eʼlon qildi. Unga koʻra, mamlakat bosh vazirligi Muhammad Hasan Oxundga yuklangan, Abdulgʻani Birodar uning oʻrinbosari boʻladi.
Shavkat Mirziyoyev posetil  mestorojdeniye Yoshlik-1 Almalыkskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Mirziyoyev Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha munosabat bildirdi
Toliblar oʻtgan safar hukumat tepasiga kelganida (1996-2001 yy.) TIV rahbari lavozimini egallagan va 2001 yildan buyon BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Mulla Xasan Oxund - hukumat boshligʻi (bosh vazir) vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi. Mulla Birodar — uning birinchi oʻrinbosari; Mavlavi Hanafi — ikkinchi oʻrinbosari etib tayinlanishdi.
Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib Amir Xon Mutakkiy tayinlangan.
Muhammad Yoqub mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimini egalladi.
IIV rahbari etib mulla Sarojiddin Xaqqoniy tayinlandi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala