O‘zbekistonda 1 milliondan ziyod aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

© "Uzsuvta’minot" matbuot xizmatiV SA bolee odnogo milliona lyudey vpervie poluchat dostup k pityevoy vode
V SA bolee odnogo milliona lyudey vpervie poluchat dostup k pityevoy vode - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
Qurilish-montaj ishlari doimiy ravishda Bosh prokuratura, Hisob palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan monitoring qilib borilmoqda.
TOShKENT, 8 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 1 milliondan ziyod aholi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "O‘zsuvta’minot" matbuot-xizmati xabar berdi.
Jumladan, 2021-yilda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish maqsadida 352 ta obyektda, 3 407,8 km uzunlikdagi tarmoq va 384 ta inshootda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish belgilangan.
V Surxandaryu privezli 25 avtotsistern dlya dostavki vodi naseleniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2021
Surxondaryoda aholiga 25ta suv tashish mashinasi topshirildi
"Ushbu maqsadlarga 1 trillion 55 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Shundan 874,3 mlrd.so‘mlik manzilli dastur tasdiqlangan. Joriy yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, 535,4 mlrd. so‘m moliyalashtirilib, 2 994,1 km tarmoqlar qurildi va rekonstruksiya qilindi", - deb xabar qildi matbuot-xizmati vakili.
Ushbu dasturlarda ko‘zda tutilgan 352 ta obyektlarga pudrat tashkilotlari Qurilish vazirligining qurilish-pudrat tashkilotlari reytingida “SS” va undan yuqori pog‘onaga ega bo‘lgan salohiyatli pudrat tashkilotlar tanlab olinib, shartnomalar tuzilgan hamda qurilish ishlari boshlangan.
Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida 283 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini yakunlab, ularni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda 69 ta obyektda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmoqda. Natijada jami 1,1 mln nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi hamda 2,9 mln nafar aholining suv ta’minoti yaxshilanadi.
Qurilish-montaj ishlari doimiy ravishda Bosh prokuratura, Hisob palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan monitoring qilib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0