Jamiyat

Oʻzbekistonda 2,5 milliondan ziyod kishi koronavirusga qarshi toʻliq emlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaktsinatsiya v Tashkente
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Respublikada jami 15 697 086 doza vaktsinadan foydalanilgan.
TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi toʻliq emlanganlar soni 2,5 million nafardan oshdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, kecha, 7 sentyabr kuni, mamlakat hududlari boʻylab 338 971 doza COVID-19 ga qarshi vaktsina qoʻllanilgan.
Ayni kungacha respublikada jami 15 697 086 doza vaktsinadan foydalanildi. Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 2 547 450 nafarni tashkil qilmoqda.
Jami emlanishlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar Fargʻona (1 800 718 doza), Namangan (1 754 773 doza) va Andijon viloyatlarida (1 680 061 doza) kuzatilmoqda.
Dostavlena ocherednaya partiya vaktsinы ZF-UZ-VAC2001  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Jamiyat
Oʻzbek-xitoy vaktsinasining yana 3 mln dozasi olib kelindi
“Yandeks”ning dunyo mamlakatlari aholisining toʻliq emlanganlik statistikasi maʼlumotlariga koʻra, Markaziy Osiyodagi eng yuqori koʻrsatgich Qozogʻistonda. 6 sentyabr holatiga koʻra mamlakat aholisining 32 foizi kovidga qarshi toʻliq emlangan. Aholisining 9,27 foizi toʻliq emlangan Tojikiston ikkinchi oʻrinda (31 avgust holatiga koʻra). Qirgʻizistonda aholining 8,94 foizi toʻliq emlangan (6 sentyabr holatiga koʻra). Oʻzbekistonda esa aholining 3,60 foizi toʻliq emlangan (30 avgust holatiga koʻra). Turkmanistondagi emlash jarayonlari statistikada keltirilmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader