Analitika

Panjsherning Tolibon qoʻliga oʻtishi MOga qanday xavf soladi – Leonkov

© Facebook / Aleksey LeonkovAleksey Leonkov
Aleksey Leonkov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Harbiy ekspert Aleksey Leonkov Sputnikka bergan maxsus intervyusida Panjsherdagi vaziyat va "Tolibon"* MOga qanday xavflar tugʻdirishi mumkinligi haqida aytib berdi.
Tolibon* vakili Zabixullo Mudjoxid 6 sentyabr kuni bergan bayonotida, Tolibon*ga qarshilik koʻrsatgan Afgʻonistonning yagona hududi Pandjsher ustidan gʻalaba qozonilganini maʼlum qilgan edi.
Axmad Masud boshchiligida oʻzlarini Afgʻoniston milliy qarshilik fronti deb atayotgan isyonchilar esa kurash davom etayotganini taʼkidlashmoqda.
Panjsher darasida aslida nimalar sodir boʻlmoqda? Qaysi manbaaga ishonish kerak. Yaqin vaqt ichida vaziyat qanday oʻzgaradi va bu Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga qanday xavflar tugʻdirishi mumkin? Bu haqida harbiy ekspert Aleksey Leonkov quyidagilarni maʼlum qildi.
Toliblar qasos haqida orzu qilmoqda
Mujohid va Masud turli, bir-biriga zid fikrlar bildirishmoqda. Ularning bayonotlarini hozircha tasdiqlab yoki inkor etib boʻlmaydi. Leonkov aytishiga koʻra tomonlarning hech biri nazoratni yoʻqotganini tan olmaydi.
Provintsiya Pandjsher Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini maʼlum qilishdi
“Har qanday mojaroda axborot aniqligini 10/1 deb qabul qilish kerak, - deydi ekspert. Tomonlar yo oʻz yoʻqotishlarini kamaytirib koʻrsatishmoqda yoki raqib tomon qurbonlari sonini oshirib koʻrsatishmoqda. YO boʻlmasa hududni toʻliq nazorat ostiga olganliklarini daʼvo qilishmoqda. Ana shunday qarama-qarshi maʼnodagi maʼlumotlar bizga 3 sentyabrdan buyon yetib kelmoqda. Goh Panjsher taslim boʻldi, goh buning aksi, goh Ahmad Masud qochdi degan xabarlar tarqalmoqda, lekin bularning barchasi haqiqatdan yiroq”.
Aslida jugʻrofiy xususiyatlariga koʻra, Panjsher darasini egallab olish juda mushkul, deb hisoblaydi Leonkov.
“U yerda juda koʻp yashirinish mumkin boʻlgan joylar bor. Agar sizda qurol-aslaha va odam yetarli boʻlsa – cheklanmagan muddat davomida jang olib borish mumkin. Taʼminot amalga oshirilayotgan yashirin yoʻlaklarning barchasini nazorat ostiga olish juda mushkul”, - deydi ekspert.
Aleksey Leonkov aytishiga koʻra, bu Tolibonning Panjsher darasini egallab olishga qaratilga ikkinchi urinishdir. Ana shu faktning oʻzi ham jangarilarni motivatsiya qilishi mumkin. Bu safar ular oldingi magʻlubiyatlari uchun qasos olishga ham urinib koʻrishlari mumkin.
Bu safar “Tolibon”* tomonidan Panjsher ustida gʻalaba qozonish juda muhim. Chunki bu joy dunyo hamjamiyati nazarida har doim hech kimga boʻy soʻnmagan hududdir.Hozir butun dunyo bu yerdagi vaziyatni kuzatib turibdi, lekin aralashayotgani yoʻq.
“Tolibon”* hozir ham terrorchi tashkilot sifatida qolmoqda. Hech bir Gʻarbiy davlat, Rossiya yoki BMT unga oʻz munsobatini oʻzgartirgani yoʻq. Undan tashqari Tolibon* amnistiya eʼlon qildi va raqiblarni jazolamoqda. Budan kadrlar baʼzan ijtimoiy tarmoqlarda ham paydo boʻlmoqda. Demak, Tolibon* hukumat boshiga kelganidan soʻng qilayotgan ishlari oldin berilgan vaʼdalarga hech oʻxshamgan. Afgʻonistonga chegaradosh mamlakatlar esa ehtiyotkor pozitsiyani egallashmoqda.
37 million kishiga kim oziq-ovqat beradi?
Afgʻoniston kelajagi mushkullashishiga yana bir sabab bor, mamlakatda iqtisod yoʻq, deydi Leonkov.
Afgantsы v improvizirovannom lagere vozle jeleznodorojnoy stantsii v Chamane, Pakistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻonistonda tez kunda ochlik boshlanishi mumkin - BMT
“Toliblar hatto Panjsherni butunlay toʻsib qoʻyishsa ham, mahalliy aholi u yerda 100 yillab yashashi va jon saqlashi mumkin. Lekin u yerlarni yaxshi bilmay turib kirishga uringanlarning holi voy boʻladi. Ular och qolishlari mumkin”, - deydi ekspert.
Umuman olganda, oziq-ovqat muammosi – yaqin orada butun Afgʻonistonni qamrab olishi mumkin.
“Amerikaliklar ketish oldidan, Gʻani hukumasti tasrrufida boʻlgan barcha hisob raqamlarini bloklab qoʻyishgan edi. “Tolibon” ulardan foydalana olmaydi.
“Afgʻoniston esa, tashqaridan oziq-ovqat, qurol-aslaha va yonilgʻi mahsulotlari olib kelish hisobidan kun kechirayotgan edi. Demak yaqin vaqtda, Tolibon foydalanayotgan texnika toʻxtab qoladi. Kim ularga neft mahsulotlari olib keladi? Oziq-ovqatni aytmasa ham boʻladi”, - deydi ekspert.
AQSH mamlakatni tark etishi bilan bir vaqtda daromad manbaalari ham tugadi. Xoʻsh endi Tolibon* 37 million aholini qanday boqadi?
Oʻz hududlari orqali oʻtgan tranzit yoʻllaridan Tolibon* yiliga $2 mlrd.gacha daromad olardi. Hozir bu manbaalar ham yoʻq.
Yevropa xavf ostida
Yaqin vaqt ichida Tolibon uchun yagona daromad manbai – AQsh qoldirib ketgan ogʻir qurol-aslahalarni kimgadir sotish. Lekin buning uchun ularga logistik operatsiyalar amalga oshirishi kerak. Masalan tankni Yaman yoki Liviyaga yetazib berishi kerak boʻladi.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Dunyoda
Toliblar yangi hukumatni eʼlon qildi, ammo uning tarkibi AQShga maʼqul kelmadi
Lekin amerikaliklar qoldirib ketgan koʻchma zenit-raketa majmualarini, toliblar sotib yubormasa kerak. Ushbu qurol dunyo hamjamiyati uchun eng katta xavf soladi.
Tolibon* ushbu qurol bilan barchani shantaj qilishga oʻtishi mumkin. “Agar shartimizga koʻnmasangiz, biz bu quroldan foydalanamiz” qabilida ish tutishi mumkin. Shundan soʻng oʻlchami ixcham boʻlgan qurol gullab-yashnayotgan Yevropaning biror joyida, aeroport yaqinida paydo boʻlishi mumkin. Terrorchi raketani oddiy fuqaro samolyotiga nisbatan qoʻllasa nima boʻladi?
Balkim shu sababli Yevropa va AQSH oʻzini Afgʻonistondan uzoqroq saqlashga harakat qilmoqda. Shu sababli ular barcha fuqarolarini va hatto elchilarini ham Afgʻonistondan olib chiqib ketishmoqda.
Afgʻonistonga qoʻshni mamlakatlar ham Tolibon* bilan hamkorlikdan qanday biror foyda boʻlishiga ishonmaydi. Darhaqiqat mamlakatda hech qanday sanoat yoʻq, yirik konlar yoʻq. Kim bilan hamkorlik qilish ham nomaʼlum. Ehtimol Tolibon hukumat boshida uzoq qolmas. Balkim uning oʻrnini "Al-Qoida” egallar. Suriya tajribasidan kelib chiqqan holda, biz terrorchilar bilan gaplashib boʻlmasligini juda yaxshi bilamiz.
Inklyuziv hukumatmi yoki rejim?
Shu kunga qadar Tolibon* eʼlon qilgan inklyuziv hukumat tashkil qilish toʻgʻrisidagi bayonotlarga am ishonch yoʻq.
“Ular na birorta iqtisodiy dastur, na siyosiy tuzum dasturini eʼlon qilishdi. Faqat shiorlar. Agar hukumat inklyuziv boʻlsa unda Afgʻonistonda yashayotgan barcha etnik guruh vakillari boʻlishi kerak”, - deydi Leonkov.
Ekspert aytishiga koʻra, bunday hukumat tarkibiga pushtunlar, hazoralar, tojiklar, oʻzbeklar va mahalliy turk jamiyatlari vakillari boʻlishi shart.
“Lekin ularning hech biri taklifnoma olgani haqida xabar yoʻq. Demak, hukumatni faqat Tolibonning oʻzi tashkil qilmoqda. Afgʻoniston aholisi manfaatlari hisobga olingani yoʻq. Bu inklyuziv hukumat emas – bu rejim”.
Xalqaro hamjyamiyat “Tolibon”*ning BMTdagi chiqishlariga qaramasdan ularga ishonmaydi. Chunki mamlakatni tark etishni istaydigan kishilar soni oshmoqda.
BMT baholashiga koʻra, ayni damda 500 ming kishi Afgʻonistondan qochishga tayyor. Odamlar yaxshi hayotdan qochayotgani yoʻq. Ushbu holat, Tolibon* propagandasidan farqli oʻlaroq, mamlakatdagi vaziyatni yaqqol koʻrsatmoqda.
Aleksey Leonkov bilan intervyuning toʻliq variantini “Sputnik na russkom” Uoutube kanalida tomosha qiling.
* Rossiya va boshqa davlatlar hududida taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala