Dunyoda

Rahmon dunyo hamjamiyatining Afgʻoniston muammolariga boʻlgan beparvoligini tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Tojikiston rahbarining soʻzlariga koʻra, Afgʻonistondagi keskin vaziyat Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi vaziyatga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladi.
TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda Afgʻonistondagi vaziyatga toʻxtaldi.
Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi oy mobaynida Afgʻonistondagi vaziyat yanada murakkablashgan va foijali tus olgan va mintaqa va dunyo mamlakatlarining jiddiy xavotiriga sabab boʻlgan.
Rahmon qoʻshni mamlakatdagi beqarorlik va fojia chet el davlatlari aralashishining natijasi ekanini taʼkidladi.
Tojikiston yetakchisi Afgʻonistondagi siyosiy muammolar va xavfsizlik masalalarini shoshilinch hal etish uchun hamma milliy ozchilik vakillari ishtirokida inklyuziv hukumat tuzish zarurligiga yana bir bir eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, yana bir muhim narsani taʼkidlab oʻtmoqchimanki, dunyo hamjamiyati, jumladan, manfaatdor mamlakatlarning, afgʻon xalqini yuzaga kelgan muammolar bilan yolgʻiz qoldirishga maʼnaviy haqqi yoʻq. Shu bois yana bir bor eslatmoqchimanki, bu mamlakatdagi murakkab va juda ogʻir vaziyat uning xalqi aybi bilan yuzaga kelmadi. Men barcha inson huquqlari boʻyicha xalqaro tashkilotlar sukut saqlayotgani va afgʻon xalqi haq-huquqini qoʻllash borasida biror bir tashabbus bildirmayotganidan hayratdaman.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti
U bunday beparvolik zoʻravonlikning yanada oʻsishiga olib kelishini qoʻshimcha qildi.
Shu bilan birga Rahmonning soʻzlariga koʻra, Afgʻonistondagi keskin vaziyat Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi vaziyatga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladi.
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Dunyoda
Tojikiston IIV: mamlakat afgʻon qochoqlarini qabul qilishga tayyor emas
Tojikiston rahbari barcha xalqaro tashkilotlarni, mintaqa va jahon mamlakatlarini Afgʻonistondagi muammolarni hal etish va u yerda istiqomat qilayotgan barcha xalqlarning manfaatini inobatga olgan holda milliy yarashish hukumatini tuzish uchun zudlik bilan choralar koʻrishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala