Madaniyat

Rossiya va Oʻzbekiston arxeologlari Uzundarada koʻplab topilmalar topishdi

© Institut ArxeologiiArxeologicheskiye raskopki v kreposti Uzundara
Arxeologicheskiye raskopki v kreposti Uzundara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Qalʼa ichida tangalar, sopol buyumlar, devor bezaklari, qilich soplari, nayza uchlari hamda Xitoy arbaletlari oʻqlari topilgan.
TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston arxeologlari Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan Uzundara qalʼasi qoldiqlarida ilk bor keng koʻlamli qazish ishlari olib borishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Arxeologiya instituti.
Uzundara qalʼasi ellin Baqtriyasini shimol tomondan koʻchmanchi qabilalar hujamlaridan himoya qilish maqsadida qurilgan chegara qalʼasi boʻlgan. Ayni damla arxeologlar qalʼa minoralaridan birining qoldiqlarini ochishgan va muhim maʼlumotlarni aniqlashgan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu qalʼa miloddan avalgi III-asr boshida hukumdor Antiox I davrida qurilgan boʻlib, taxminan 150 yil davomida foydalanilgan. Yevtidem I boshqaruvi davrlarida (miloddan avvalgi 235–200 yillarda) Uzundara qalʼasi qayta qurilgan. Yevkratid boshqaruvi davrida, 171-166 yillarda koʻchmanchi qabilalar hujumi oqibatida xarobaga aylangan.

Georadar tekshiruvlar va taxeometrik surʼatga tushirish natijasida olimlar qalʼaning dastlabki shaklni aniqlashdi. Maʼlum boʻlishicha, Uzundara qalʼasi toʻrtburchak shaklida boʻlib, 13ta himoya minoralariga ega boʻlgan. Qalʼa devorlaridan tashqarida savdo maydonlari boʻlgan.
© Institut ArxeologiiArxeologicheskiye raskopki v kreposti Uzundara
Arxeologicheskiye raskopki v kreposti Uzundara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Arxeologicheskiye raskopki v kreposti Uzundara
Arxeologlar aniqlashiga koʻra, qalʼa devorlari balandligi 3,5 metrdan 5 metrgacha boʻlgan, minoralar balandligi 4,5 metrdan 8 metrgacha boʻlgan.
Qalʼa ichida topilgan buyumlar orasida Yevtidem I, Antiox I va Selevka davriga oid tangalar, sopol buyumlar, devor bezalar topilgan. Undan tashqari qalʼada qilich soplari, nayza va kamon oʻqlari uchlari topilgan. Undan tashqari Xitoyning Xan dinastiyasi davriga oid arbalet oʻqlari ham topilgan. Olimlar xulosasiga koʻra ushbu qurollar yuechji koʻchmanchilariga tegishli boʻlgan.
© Institut ArxeologiiArxeologicheskiye raskopki v kreposti Uzundara
Arxeologicheskiye raskopki v kreposti Uzundara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Arxeologicheskiye raskopki v kreposti Uzundara
“Biz endigina qalʼani oʻrganishni boshladik, lekin uning juda yaxshi saqlanib qolgani hozirdan maʼlum. Biz kelajakda qalʼaning asosiy istehkomlarini, kirish, suv saqlash joylarini, kazarmalar va jamoat joylari, jumladan ibodatxona joylashuvini aniqlashni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Markaziy Osiyo arxeologik ekspeditsiyasi rahbari Nigora Dvurechinskaya.
Maʼlumot uchun, Uzundara qalʼasi qoldiqlari ilk bor 1991 yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi olimi Edvard Rtveladze tomonidan aniqlangan edi. Qalʼaning umumiy maydoni 3000 kv. Metrni tashkil qiladi. 2013-2019 yillarda ushbu qalʼa hududida Markaziy Osiyo arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan dastlabki izlanishlar oʻtkazilgan boʻlib, oʻshanda qalʼaning umumiy plani chizilgan hamda markaziy qismida qazish ishlari oʻtkazilgan edi.
© Institut ArxeologiiArxeologicheskiye raskopki v kreposti Uzundara
Arxeologicheskiye raskopki v kreposti Uzundara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Arxeologicheskiye raskopki v kreposti Uzundara
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala