Rossiya va O‘zbekiston arxeologlari Uzundarada ko‘plab topilmalar topishdi

© Institut ArxeologiiArxeologicheskie raskopki v kreposti Uzundara
Arxeologicheskie raskopki v kreposti Uzundara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
Qal’a ichida tangalar, sopol buyumlar, devor bezaklari, qilich soplari, nayza uchlari hamda Xitoy arbaletlari o‘qlari topilgan.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston arxeologlari Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan Uzundara qal’asi qoldiqlarida ilk bor keng ko‘lamli qazish ishlari olib borishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Arxeologiya instituti.
Uzundara qal’asi ellin Baqtriyasini shimol tomondan ko‘chmanchi qabilalar hujamlaridan himoya qilish maqsadida qurilgan chegara qal’asi bo‘lgan. Ayni damla arxeologlar qal’a minoralaridan birining qoldiqlarini ochishgan va muhim ma’lumotlarni aniqlashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qal’a miloddan avalgi III-asr boshida hukumdor Antiox I davrida qurilgan bo‘lib, taxminan 150-yil davomida foydalanilgan. Yevtidem I boshqaruvi davrlarida (miloddan avvalgi 235–200 yillarda) Uzundara qal’asi qayta qurilgan. Yevkratid boshqaruvi davrida, 171-166 yillarda ko‘chmanchi qabilalar hujumi oqibatida xarobaga aylangan.

Georadar tekshiruvlar va taxeometrik sur’atga tushirish natijasida olimlar qal’aning dastlabki shaklni aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, Uzundara qal’asi to‘rtburchak shaklida bo‘lib, 13ta himoya minoralariga ega bo‘lgan. Qal’a devorlaridan tashqarida savdo maydonlari bo‘lgan.
© Institut ArxeologiiArxeologicheskie raskopki v kreposti Uzundara
Arxeologicheskie raskopki v kreposti Uzundara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Arxeologicheskie raskopki v kreposti Uzundara
Arxeologlar aniqlashiga ko‘ra, qal’a devorlari balandligi 3,5 metrdan 5 metrgacha bo‘lgan, minoralar balandligi 4,5 metrdan 8 metrgacha bo‘lgan.
Qal’a ichida topilgan buyumlar orasida Yevtidem I, Antiox I va Selevka davriga oid tangalar, sopol buyumlar, devor bezalar topilgan. Undan tashqari qal’ada qilich soplari, nayza va kamon o‘qlari uchlari topilgan. Undan tashqari Xitoyning Xan dinastiyasi davriga oid arbalet o‘qlari ham topilgan. Olimlar xulosasiga ko‘ra ushbu qurollar yuechji ko‘chmanchilariga tegishli bo‘lgan.
© Institut ArxeologiiArxeologicheskie raskopki v kreposti Uzundara
Arxeologicheskie raskopki v kreposti Uzundara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Arxeologicheskie raskopki v kreposti Uzundara
“Biz endigina qal’ani o‘rganishni boshladik, lekin uning juda yaxshi saqlanib qolgani hozirdan ma’lum. Biz kelajakda qal’aning asosiy istehkomlarini, kirish, suv saqlash joylarini, kazarmalar va jamoat joylari, jumladan ibodatxona joylashuvini aniqlashni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Markaziy Osiyo arxeologik ekspeditsiyasi rahbari Nigora Dvurechinskaya.
Ma’lumot uchun, Uzundara qal’asi qoldiqlari ilk bor 1991-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimi Edvard Rtveladze tomonidan aniqlangan edi. Qal’aning umumiy maydoni 3000 kv. Metrni tashkil qiladi. 2013-2019 yillarda ushbu qal’a hududida Markaziy Osiyo arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan dastlabki izlanishlar o‘tkazilgan bo‘lib, o‘shanda qal’aning umumiy plani chizilgan hamda markaziy qismida qazish ishlari o‘tkazilgan edi.
© Institut ArxeologiiArxeologicheskie raskopki v kreposti Uzundara
Arxeologicheskie raskopki v kreposti Uzundara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Arxeologicheskie raskopki v kreposti Uzundara
Yangiliklar lentasi
0