Tojikistonda amaldorlarga prezident ruxsatisiz dissertatsiya yozish taqiqlandi

© Ofitsialnaya stranitsa press-slujbi prezidenta RT v FacebookPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
Bunga so‘nggi vaqtlarda aksariyat dissertatsiyalar ko‘chirmachilik yo‘li bilan yozilayotgani sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 8 sent – Sputnik. Tojikistonda amaldorlarga dissertatsiya yozish ta’qiqlandi. Yangi tartib, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning buyrug‘i bilan 7-sentabrdan kuchga kirdi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Unda aytilishiga ko‘ra, bundan buyon hukumat lavozimlarida ishlaydigan amaldorlar dissertatsiya yozish uchun prezidentdan ruxsat olishlari kerak bo‘ladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bunday g‘ayrioddiy tartib o‘rnatilishiga, so‘nggi vaqtlarda Tojikiston vakillari "Dissernet" ixtisoslashtirilgan portali tomonidan ko‘p marotaba ko‘chirmachilikda ayblanayotgani bilan bog‘liq.
Emomali Rahmon 2020-yilda olimlar va ziyolilar bilan uchrashuvda ushbu holat yuzasidan o‘z fikrini bildirgan edi.
"Bu zamonaviy texnologiyalar davrining kasalligi bo‘lib, u yosh olimlar va ularning rahbarlariga yuqadi. ‘Dissernet’ portali tomonidan plagiatda ayblangan 40 nafardan ortiq olim ilmiy ishlarini iqtisodiy va ijtimoiy mutaxassisliklar, shu jumladan, siyosatshunoslik va pedagogika bo‘yicha dissertatsiyalar kengashlarida himoya qilgan", — degan Tojikiston rahbari.
Ushbu qonun, barcha deputatlar, sudalar, MSK rahbariyati, kuch ishlatar tizimlar, hukumat rahbariyati va uning a’zolari, vazirlar va ularning o‘rinbosarlari, prezident apparati va diplomatlarga taaluqlidir.
Yangiliklar lentasi
0