Toliblar yangi hukumatni e’lon qildi, ammo uning tarkibi AQShga ma’qul kelmadi

Obuna bo‘lish
Toliblar hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib toliblar rahbariyatining sobiq vakili Amir Xon Mutakkiy tayinlangan.
TOShKENT, 8 sen - Sputnik. "Tolibon"* harakati 7-sentabr kuni Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi. Asosiy lavozimlar harakatning mashhur a’zolariga nasib etdi.
Xususan, toliblar o‘tgan safar hukumat tepasiga kelganida (1996-2001 yy) TIV rahbari lavozimini egallagan va 2001-yildan buyon BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Mulla Xasan Oxund - hukumat boshlig‘i (bosh vazir) vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi. Mulla Birodar — uning birinchi o‘rinbosari; Mavlavi Hanafi — ikkinchi o‘rinbosari etib tayinlanishdi.
Afgansi v improvizirovannom lagere vozle jeleznodorojnoy stansii v Chamane, Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Afg‘onistonda tez kunda ochlik boshlanishi mumkin - BMT
Toliblar hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib toliblar rahbariyatining sobiq vakili Amir Xon Mutakkiy tayinlangan.
Muhammad Yoqub "Tolibon"* yetakchisi mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi.
IIV rahbari etib mulla Sarojiddin Xaqqoniy tayinlandi.
 Axmad Shax Masud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Toliblar Ahmad Shoh Mas’udning qabrini tahqirlashdi
Tolo News nashrining toliblar rasmiy vakili Zabiulla Mujohid so‘zlariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, "Tolibon"* harakati yetakchisi Xaybatulla Oxunzod Afg‘onistonning yangi hukumati e’lon qilinganidan so‘ng, harakat yetakchisi maqomini saqlab qoladi. Oxunzoda toliblar tomonidan seshanba kuni e’lon qilingan muvaqqat hukumat tarkibiga kiritilmadi.
Bu orada AQSh Davlat departamenti vakili Afg‘onistonning yangi shakllantirilgan hukumatida alohida shaxslar borligi va ayollar yo‘qligidan havotirdaligini bildirdi.
Davlat departamenti rasmiy vakili AQShni ayrim shaxslarning (siyosiy) mansubligi va (hukumatdagi ayrim shaxslarning) tarjimai holi juda tashvishlantirmoqda.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar mahkamasi to‘laligicha toliblar yoki ularning yaqin ittifoqdoshlaridan iborat va umuman ayollarni istisno etgan. "Biz shunga aniq shama qilgan edikki, bizning fikrimizcha, afg‘on xalqi inklyuziv hukumatga munosib", - degan Davlat departamenti vakili.
* RFda ta’qiqlangan xalqaro terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0