Xitoy Afg‘onistonga oziq-ovqat va vaksinalarni yetkazib beradi

© AFP 2023Evakuatsiya v aeroportu Kabula
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
Xitoy Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlari va vaksinalarni yetkazib beradi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Xitoy Afg‘onistonga umumiy qiymati 200 million yuan (taxminan 30,9 million dollar) bo‘lgan oziq -ovqat, qishki mahsulotlar, vaksinalar va dori-darmonlarni zudlik bilan yetkazib berishga qaror qildi, bu haqda chorshanba kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi.
"Afg‘on xalqining ehtiyojlaridan kelib chiqib, Xitoy zudlik bilan umumiy qiymati 200 million yuanga oziq -ovqat, qishki mahsulotlar, vaksina va dori -darmonlar yetkazib berishga qaror qildi", - dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda xavfsizlik sharoitlari yaratilgandan so‘ng, Xitoy Afg‘onistonga odamlarning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga, Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan qayta qurish va iqtisodiy taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Van I chorshanba kuni Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0