Jamiyat

Xorijda saylovchilarning elektron roʻyxatini tuzish maxsus sayt ishga tushirildi

© Sputnik / Maksim BlinovKak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax
Kak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari faoliyat koʻrsatadigan 37 mamlakatda 54 ta statsionar saylov uchastkalari tashkil etilishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Xorijda saylovchilarning elektron roʻyxatini tuzish uchun saylov.mfa.uz maxsus sayti ishga tushirildi. Bu haqda TIVda boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston prezidenti saylovini xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritilishi” mavzusidagi davra suhbatida maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari faoliyat koʻrsatadigan 37 mamlakatda 54 ta statsionar saylov uchastkalari tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu davlatlarning boshqa shaharlarida hamda diplomatik vakolatxonalar mavjud boʻlmagan 12 ta xorijiy davlatlarda qoʻshimcha ravishda jami 321 ta muddatdan oldin ovoz berish uchun koʻchma saylov uchastkalarini tashkil etish boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda.
Golosovaniye na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Siyosat
Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar soni ochiqlandi
Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari chet eldagi oʻzbek diasporasi tuzilmalari, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolari ishlayotgan tashkilot va kompaniyalar bilan aloqa oʻrnatgan. Xorijdagi saylovchilar roʻyxatini tuzish ishlari davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda prezident saylovlari 2021 yil 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader