Iqtisod

2030 yilga borib aholi jon boshiga daromad 4000 dollardan oshadi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoye otkrыtiye parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.
Sostoyalos torjestvennoye otkrыtiye parka Yangi Uzbekiston i monumenta Nezavisimosti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Oʻzbekistonda 2030 yilga kelib aholi jon boshiga daromad 4 ming dollardan oshiriladi, inflyatsiya miqdori esa - 5%dan kamaytiriladi - Shavkat Mirziyoyev.
TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda 2030 yilga borib aholi jon boshiga daromad 4000 dollardan oshadi, dedi Shavkat Mirziyoyev Bugun Toshkentda boʻlib oʻtayotgan OʻzLiDep partiyasining 10-sʼyezdida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Oʻzbekiston prezidenti yaqin kelajakda YAIMni 1,6 baravarga oshirib, aholi daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga kirish rejalashtirilayotganini aytib oʻtdi.
"Shu tariqa 2030 yilga borib aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirib, “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirishga puxta zamin yaratgan boʻlamiz", - dedi prezident.
Ushbu maqsadga erishish yoʻlida, Yangi Oʻzbekiston strategiyasiga asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rivojlanish rejalashtirilganini qayd etdi:
sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2 marta oshiriladi;
mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2 martaga oshadi va 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarishga asos yaratiladi;
tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga oshirish orqali kimyo sanoatida 2 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi;
raqamli iqtisodiyotning hajmi kamida 2,5 barobarga oshirilib, 4 milliard dollarga yetkaziladi;
har bir xonadon va ijtimoiy muassasa maqbul narxda yuqori tezlikdagi internetga ulanadi, magistral avtomobil yoʻllari 100 foiz mobil aloqa va internet bilan qamrab olinadi;
xalqaro magistral internet tezligi – 5 barobarga, tumanlararo tarmoqlar tezligi – 8 barobarga oshiriladi.
Undan tashqari, iqtisodiyotda yuqori oʻsish surʼatlarini saqlab qolish uchun makroiqtisodiy barqarorlik taʼminlanadi. Buning uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1.
2023 yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 5 %ga tushiriladi.
2.
Davlat byudjeti taqchilligi YAIMga nisbatan 2,5 %dan oshmasligi taʼminlanadi;
3.
Aholi talablari asosida yiliga 1,5 – 2 trillion soʻm mablagʻ joylardagi eng dolzarb muammolarni hal etishga sarflanadi.
4.
Yangidan jalb qilinadigan yillik tashqi qarz miqdori 5 milliard dollardan, umumiy davlat qarzi esa yalpi ichki mahsulotning 50-60 foizidan oshmasligi taʼminlanadi;
5.
Kelgusi 5 yilda 120 milliard dollar, shundan kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.
6.
Mamlakatimizning eksport salohiyati 1,7 barobar oshirilib, 2026 yilda 30 milliard dollarga yetkaziladi.
7.
Eksport tarkibida xomashyoning ulushi hozirgi 46 foizdan 23 foizga kamayib, tayyor mahsulotlar hajmi 2,5 barobar koʻpayadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader