Dunyoda

Eron SHHTning toʻlaqonli aʼzosiga aylanadi – OAV

© AP PhotoFlagi stran-uchastnits SHOS
Flagi stran-uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) qoʻshiladi.
TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) qoʻshiladi, SHHTga qoʻshilish jarayoning boshlanishi Tojikistonda boʻlib oʻtadigan sammitda eʼlon qilinadi, deb xabar beradi "Kommersant" gazetasi oʻz manbalariga tayanib.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Analitika
Toliblar chegarada: SHHT mudofaa vazirlari Dushanbeda qanday dori yozib beradi?
SHHT sammiti 16-17 sentyabr kunlari Dushanbeda boʻlib oʻtadi. Hozir tashkilotga Rossiya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Oʻzbekiston aʼzo boʻlgan.
"Tez orada tashkilotda toʻqqizta aʼzo boʻladi. Dushanbeda boʻladigan sammitda davlat rahbarlari ... oʻz saflariga Eronni qabul qilinishini eʼlon qilishlari kerak", deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, SHHTga aʼzo boʻlish jarayoni biroz koʻproq vaqtni olishi mumkin.
Shanxay hamkorlik tashkiloti - Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston rahbarlari tomonidan asos solingan doimiy hukumatlararo xalqaro tashkilot.
SHHTni tuzish toʻgʻrisidagi deklaratsiya 2001 yil 15 iyunda Shanxayda olti davlat rahbarlarining uchrashuvida imzolangan. 2017 yil 9 iyunda SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladilar. Hozir SHHTda kuzatuvchi-davlatlar - Afgʻoniston, Belarus, Eron va Moʻgʻuliston, sherik-davlatlar - Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala