Jamiyat

Ertaga Oʻzbekistonga sovuq havo kirib keladi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishOsennyaya pogoda
Osennyaya pogoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Respublikaning shimoliy hududi va ayrim togʻli zonalarda havo harorati +6 ... +8 darajagacha pasayishi, yomgʻir qorga aylanishi mumkin.
TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. Qoraqalpogʻiston gidrometerologiya xizmati xabariga koʻra, ertaga kechasi respublikaning ayrim hududlariga Qozogʻistondan oʻtayotgan antitsiklon oqimi taʼsiri ostiga tushishi mumkin.
Xususan, 10 sentyabr kechasi Ustyurt platosi hududlarida havo harorati +6 darajagacha pasayish prognozi qilinmoqda.
Shuningdek, 10 sentyabdan 11 sentyabrga oʻtar kechasi Nukus shahrida havo harorati +8 darajagacha pasayadi.
Undan tashqari 10 sentyabr kuni respublikaning juda baland togʻli hududlarida yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi mumkin.
Bunga sabab - shimol hududlarida Qozogʻiston markazidan oʻtayotgan sovuq antitsiklon oqimining bir cheti taʼsiridir, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader