Analitika

Kuchlar namoyishi: “Rubej – 2021” mashgʻulotlari qanday qilib afgʻon tahdidini ogohlantirmoqda

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishVoyennыe ucheniya ODKB "Rubej-2021" v Kirgizii
Voyennыe ucheniya ODKB Rubej-2021 v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Afgʻonistondagi beqarorlik KXTShga aʼzo mamlakatlarning munosabatlari va ularning Oʻzbekiston bilan hamkorlik modeliga taʼsir oʻtkazadi, deb hisoblashmoqda harbiy ekspertlar.
TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Qirgʻizistonda 9 sentyabr kuni KXTShning Tez kuchaytirish kollektiv kuchlarining “Rubej – 2021” (Hudud – 2021) harbiy mashgʻulotlari yakunlandi. Ikki kun davom etgan mashgʻulotlarda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya qurolli kuchlari harbiylari qatnashdi.
Mashgʻulotlar maqsadi erishildi – birlashgan qoʻshin stsenariyga koʻra KXTShga aʼzo davlatlardan birining hududiga bostirib kirgan jangari guruhlarini qurshab olish va yoʻq qilishni oʻrganib oldi. Bu haqda “Rubej – 2021” yopilish marosimida KXTShning birlashgan shtabi boshligʻi general-polkovnik Anatoliy Sidorov maʼlum qildi.
Voyennыe ucheniya na poligone Xarb-maydon v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Video
“Qudratimizga shubha qilma”: Oʻzbekiston, Tojikiston va Rossiya mashgʻulotlari qanday oʻtdi
Shu bilan birga harbiy ekspertlar “Rubej – 2021” Afgʻoniston bilan chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun boshqa bilvosita vazifalarni ham bajaradi deb hisoblashadi.

Vaziyat jiddiy

KXTSH doirasidagi mashgʻulotlar muntazam ravishda oʻtkazilib kelinadi: 20 yil ichida Markaziy Osiyo mintaqasi Tez kuchaytirish kollektiv kuchlari 10 qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazdi. Ammo hozirgi mashgʻulotlar avgust oyida Afgʻonistonda hukumat tepasiga “Tolibon”* kelishi va vaziyat keskinlashishi bilan bogʻliq, deydi YE.M. Primakov nomidagi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti ilmiy xodimi, harbiy ekspert Ilya Kramnik.
“Bu holatda Tashkilotga aʼzo mamlakatlari afgʻon chegarasi tomonidan ehtimoliy hujum tahdidi va terrorizm yuzaga kelgan taqdirda ishga solishga toʻgʻri keladigan javob qaytarish mexanizmini ishlab chiqishlari zarur”, - dedi u.
Kramnik “Tolibon”* harakati haligacha Rossiyada terrorchilik tashkiloti sifatida taqiqlangani va BMT Xavfsizlik kengashining terrorchilar roʻyxatidan oʻchirilmaganini eslatadi.
Markaziy Osiyodagi vaziyatning murakkabligi haqida Anatoliy Sidorov ham gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, mintaqadagi noxush vaziyat “Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Afgʻonistondagi hukumat toliblar tomonidan egallanib olinishi ortidan” yuzaga kelgan.
Voyennыe ucheniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Infografika
Kuch birlikdadir: MOda harbiy oʻquv-mashqlar
Terrorchilik tahdidining jiddiyligini Tojikiston hukumatining “Rubej – 2021”ga oʻz harbiylarini joʻnatmaslik toʻgʻrisidagi qarori ham tasdiqlaydi, deb hisoblaydi harbiy ekspert Yuriy Lyamin. Birinchidan, mashgʻulotlar oʻtkazilayotgan paytda Tojikistonda mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan harbiy parad boʻlib oʻtayotgandi. Ikkinchidan, oktyabr oyida KXTSH aynan tojik-afgʻon chegarasida yangi mashgʻulotlar oʻtkazadi.

Rossiya qurollanishi oʻsmoqda

“Rossiya – bu KXTSH kuchlarining asosi, agar uning qurolli kuchlarini Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston kuchlari bilan taqqoslansa, - deydi Yuriy Lyamin. – Markaziy Osiyo mintaqasi uchun harbiy tahdid tugʻilgan taqdirda Rossiya, shubhasiz, hujumni qaytarishga koʻmaklashadi, bu haqda Rossiya hukumati ham gapirgandi”.
Lyamin fikrini raqamlar tasdiqlaydi. Markaziy Osiyo mintaqasi Tez kuchaytirish kollektiv kuchlari matbuot markazi maʼlumotlariga koʻra, Qirgʻizistondagi “Rubej – 2021” boʻlib oʻtgan “Edelveys” poligoniga ming nafardan ziyod harbiy xizmatchilar kelgan. Ulardan 500 nafari Rossiya harbiylari boʻlgan. Shuningdek, Rossiya 120 donadan ortiq texnika taqdim etgan: tanklar, zirhlangan mashinalar, piyodaning jangovar mashinalari, oʻtsochar majmuaalar, Mi-8 transport-jangovar vertolyotlar, “Tigr” zirhli avtomobillar va “Su-25” hujumchi samolyotlar.
“Mashgʻulotlar koʻp qavatli vazifalarni ifodalaydi”, - deb tushuntiradi harbiy ekspert, isteʼfodagi polkovnik Viktor Litovkin. – Chegaralarni qoʻriqlay turib, bu texnikalarni tez, samarali va birgalikda ishga solishni bilish darkor, bunga esa bir-biri bilan toʻgʻri oʻzaro hamkorlik qilgan holda erishish mumkin. Hatto bitta armiya doirasidagi mashgʻulotlarni bu maqsadni koʻzlaydi, bu yerda esa gap turli davlatlarning armiyasi haqida boryapti”.
Litovkin Rossiya Qirgʻizistonning xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratayotganiga aniqlik kiritadi. Qirgʻizistonning Chuy viloyatidagi “Kant” harbiy aerodromi Rossich Harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaasining 14-armiyasi tarkibiga kiradi.
“Rossiya Qirgʻiziston qurolli kuchlari darajasini oshirishda qatnashyapti, uni zamonaviy qurol va jangovar texnikalar bilan taʼminlayapti, - deydi Viktor Litovkin va misol tariqasida 2019 yilda Rossiya Qirgʻizistonga 2 ta vertolyot va 9 ta zirhli mashina sovgʻa qilganini keltiradi (bundan tashqari, 2019 yilda Rossiya Qirgʻiziston chegara boʻlinmalari uchun mavjud inshootlarni texnik qayta qurollantirish va yangilarini qurishga 48,5 mln dollar ajratgan – tahr.) – Shuningdek, rossiyalik harbiylar qirgʻiz zobilariga bu texnikadan mohir qoʻllanishni oʻrgatishadi. Shu bois afgʻon tahdidi paydo boʻlgunga qadar Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bir safda turardi, endi esa zarur boʻlgan taqdirda ittifoqdosh davlatlar chegaralarini ikki karra himoya qilishga tayyor”.

Hamjihatlik namoyishi

Ilya Kramnik Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan mashgʻulotlarni tahlil qila turib, ikki jihatni ajratish mumkinligini taʼkidlaydi. Birinchisi – amaliy. “Rubej – 2021” stsenariysiga binoan jangarilar KXTSH mamlakatlaridan biriga bostirib kirdi, shu bois Tashkilot maksimal ravishda zudlik bilan u yerga oʻz qoʻshinlarini tashlashishi kerak.
Boyeviki Talibana* v provintsii Lagman, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Al-Qoida”* toliblarga qoʻshildi - Afgʻoniston qarshilik fronti
“Rubej – 2021”ning ikkinchi muhim jihati – bu KXTSH kuchlari uygʻunligi va mintaqa mamlakatlari va Rossiyaning siyosiy birligini namoyish etish, deydi Kramnik. Viktor Litovkin uning fikriga qoʻshiladi. “Afgʻon tahdidi, ayniqsa davlatlarni jipslashtirdi, - deydi u. Qozogʻiston Afgʻoniston bilan chegaradosh emas, lekin radikallar Oʻzbekiston yoki Tojikiston chegaralari orqali oʻtsa, terrorizm xavfi butun mintaqaga tarqaladi. Rossiya esa bu yerda barcha mamlakatlar chegaralarini mustahkamlashning tarkibiy qismi boʻladi”.
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda KXTSH 2012 yilda Tashkilotdan chiqqan Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilmoqda, deya eʼtibor qaratadi Yuriy Lyamin.
“Oʻzbekistonning KXTShga qaytishi dargumon, biroq Tashkilot respublika bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirmoqda, prezident Shavkat Mirziyoyev ham KXTShning avgustdagi navbatdan tashqari sammitida taklif qilingan mehmon sifatida qatnashdi. Toshkent tahdid darajasini tushunadi, shuning uchun, oʻylaymanki, yaqin kelajakda umuman Rossiya va KXTSH bilan muvofiqlikni kuchaytiradi”, - deydi u.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala