O‘zbekistonda "Mirziyonomika" kitobi chop etildi

© Facebook / Mike Jones Kniga "Mirziyonomika"
Kniga Mirziyonomika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
“Mirziyonomika. Markaziy Osiyo yo‘lbarsining sakrashi” (Mirziyonomics. Leap of Central Asian tiger) nomli kitobni nashrdan chiqarildi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilgacha respublikani raqamli transformatsiyaning yangi strategiyasi haqida “Mirziyonomika. Markaziy Osiyo yo‘lbarsining sakrashi” (Mirziyonomics. Leap of Central Asian tiger) nomli kitobni nashrdan chiqarildi. Bu haqda Turizm davlat qo‘mitasi raisining sobiq maslahatchisi Behruz Hamzayev ma’lum qildi.
"Kitob bemalol mavjud va uni istalgan kishi www.mirziyonomics.uz saytida o‘rganishi mumkin", - deb yozgan Hamzayev Facebookda.
Prezident Tursii Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Islohotlar va global siyosat haqida. Erdo‘g‘on kitob yozdi
Muallifning fikriga ko‘ra, “Mirziyonomika” kitobida 2030-yilgacha O‘zbekiston hukumatining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini raqamlashtirishning asosiy vektorlarini tavsiflab berilgan. Shuningdek, kitobda mamlakatda sanoatda yangi texnologik tartibni yaratishga hissa qo‘shadigan raqamli iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlari keltirilgan.
Qayd etilishicha, kitob orqali ilgari surilgan strategiyani yaratish bo‘yicha g‘oya 2018-yilda tug‘ilgan va uni tayyorlash ishlari 3-yil davom etgan. Muallif elektron kitob tarzida taqdim etilgan strategiyani raqamli O‘zbekistonni rivojlantirishga yangi qarash, befarq bo‘lmagan yoshlar jamoasining taklifi sifatida ifoda etadi.
Hamzayevga ko‘ra, “Mirziyonomika” atamasi tasodifan paydo bo‘lmagan, jahon siyosati tarixida turli mamlakatlarning taniqli rahbarlarining islohotlarini bildiruvchi shunga o‘xshash ta’riflar mavjud: “Reyganomika” (AQSh), “Abenomika” (Yaponiya), “Tetcherizm” (Buyuk Britaniya), “Rojernomika” (Yangi Zelandiya).
Yangiliklar lentasi
0