Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekistonda prezident saylovlari-2021
2021 yil 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan prezident saylovida davlat rahbari lavozimiga besh nafar nomzod daʼvogarlik qilmoqda: Shavkat Mirziyoyev (OʻzLiDep), Maqsuda Vorisova (OʻzXDP), Bahrom Abduhalimov (“Adolat” SDP), Alisher Qodirov (“Milliy tiklanish” DP) va Narzullo Oblomurodov (Ekologik partiya).

OʻzLiDeP Shavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka tasdiqladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDesyatыy sʼyezd partii UzLiDep
Desyatыy sʼyezd partii UzLiDep - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Bir ming yuz nafardan ortiq deputat ishtirok etgan OʻzLiDepning 10-sʼyezdida Shavkat Mirziyoyevning nomzodi bir ovozdan maʼqullandi.
TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining bugun Toshkentda boʻlib oʻtayotgan sʼyezdida deputatlar Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod etib tasdiqlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi navbatdagi Oʻzbekiston prezidenti sayloviga partiya aʼzosi, Oʻzbekistonning amaldagi prezidenti - Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini tasdiqladi, - deyilgan xabarda.

Bundan oldin delegatlarga prezident nomzodining tarjimai holi oʻqib eshittirildi.
Eslatib oʻtamiz, navbatdagi Oʻzbekiston prezidenti saylov 2021 yilning 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Unda beshta siyosiy partiya - Ekologik partiya, XDP, OʻzLiDeP, "Milliy tiklanish" va "Adolat" partiyalari oʻz nomzodlarini qoʻyishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader