Dunyoda

Qozogʻiston Afgʻonistonning yangi hukumati bilan ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatishga tayyor

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishPrezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Qozogʻiston prezidenti dunyo hamjamiyati Afgʻonistonni bunday keskin oʻzgarish paytida yolgʻiz qoldirmasligi kerakligini taʼkidladi.
TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Qozogʻiston Afgʻonistonning yangi hukumati bilan birinchi navbatda gumanitar muammolarni hal qilish uchun konstruktiv ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatishga tayyor. Bu haqda mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ishonch yorliqlarini topshirish marosimida maʼlum qildi.
“Qozogʻiston Afgʻoniston oʻzida va qoʻshnilari bilan barqaror, suveren va birlashgan, tinch-totuv yashaydigan davlat boʻlishi kerak deb hisoblaydi. Biz yangi hukumat bilan ishbilarmonlik aloqalarini, avvalo bu jafokash mamlakat duch kelgan ogʻir gumanitar muammolarni hal qilish uchun oʻrnatishga tayyormiz, - deya Facebook᾽da davlat rahbari soʻzlarini keltiradi uning matbuot kotibi Berik Uali.
Qozogʻiston prezidenti dunyo hamjamiyati Afgʻonistonni bunday keskin oʻzgarish paytida yuzaga kelgan qiyinchiliklar bilan yolgʻiz qoldirmasligi kerakligini taʼkidladi.
Toqayev “Tolibon”* harakati vakillari birlashgan, inklyuziv va vakillik milliy hukumatini tuzishi va aslida ular muvozanatli pozitsiyaga sodiq va muzokaralarga ochiq ekanliklarini isbotlashlariga umid bildirdi.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Dunyoda
Rahmon dunyo hamjamiyatining Afgʻoniston muammolariga boʻlgan beparvoligini tanqid qildi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Afgʻonistonda muvaqqat qukumat tuzilganini olqishlashini maʼlum qilgan edi. Afgʻonistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala