Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi O‘zLiDeP syezdi boshlandi

© Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiShavkat Mirziyoyev na syezde O‘zLiDep
Shavkat Mirziyoyev na syezde O‘zLiDep  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
Bugungi syezdda O‘zLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod tasdiqlanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X syezdi boshlanadi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDesatiy syezd partii UzLiDep
Desatiy syezd partii UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Desatiy syezd partii UzLiDep
O‘zbekistonning eng ko‘p sonli partiyasi - O‘zLiDepning ushbu syezdida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan 1 ming 200 ga yaqin delegat qatnashmoqda.
Syezd O‘zbekiston madhiyasi bilan boshlandi. Bugungi syezdda O‘zLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod tasdiqlanishi kutilmoqda.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDesatiy syezd partii UzLiDep
Desatiy syezd partii UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Desatiy syezd partii UzLiDep
Partiya a’zosi Aktam Xaitovning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak saylovda partiyani a’zolari aksariyati Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab quvvatlashlarini bildirmoqda.
Partiya syezdida Shavkat Mirziyoyevning quyidagi yutuqlari sanab o‘tildi:
"2003-2016 yillarda bosh vazir sifatida samarali faoliyat yuritgan. Shundan so‘ng vatanimiz prezidenti sifatida sadoqat bilan xizmat qilib kelmoqda. Mirziyoyev davlat va jamiyat qurilishi, ularning qat’iy irodalari va shijoati tufayli ko‘p yillar katta muammo bo‘lib kelgan valyuta erkinligi ta’minlandi. Har bir soha bo‘yicha tezkorlik bilan prezident darajasida qarorlar qabul qilindi".
© Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiShavkat Mirziyoyev na syezde O‘zLiDep
Shavkat Mirziyoyev na syezde O‘zLiDep  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Shavkat Mirziyoyev na syezde O‘zLiDep
"Sh.Mirziyovning oqilona siyosati tufayli xalq farovonligi ko‘tarildi. Temir daftar, ayollar va yoshlar, mehr daftarlari izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda Fermerlar, klasterlar, tadbirkorlar uchun misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi".
"Sh.Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqoti ko‘plab muammolar yechim topishiga imkon berdi. Shavkat Mirziyoyevning dasturidan o‘rin olgan fan va ta’lim, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ma’naviy va diniy-ma’rifiy ishlar ham yangi bosqichga ko‘tarildi".
Majlisda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev, bunday ishonch - yuksak sharaf ekanini qayd etdi va o‘tgan 5-yil davomida ko‘plab islohotlar qabul qilinganini ta’kidladi.
"Yurtimiz siyosiy maydonida katta nufuzga ega bo‘lgan - O‘zLiDepning bugungi syezdida siz menga ishonch bildirib nomzodimni prezidentlikka ko‘rsatganingizni qadrlayman. Bu men uchun yuksak sharaf. Partiyamiz nomi Yangi O‘zbekiston bilan hamohang, demokratiya tamoyillarini kuchaytirib, inson nomini birinchi o‘ringa qo‘yganimiz - barcha bo‘layotgan o‘zgarishlarga partiyamiz nomiga hamohang", - dedi Mirziyoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 30-yil davrda ham, ayniqsa oxirgi besh yilda - faqat va faqat o‘zimizni kuchimiz, o‘zimizni mehnatimiz bilan xalq tinchligi va manfaatini ta’minlashga qaratgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDesatiy syezd partii UzLiDep
Desatiy syezd partii UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Desatiy syezd partii UzLiDep
2017-2021 yillarda mamlakat rivojlanishining 5ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha strategiya qabul qilindi. Uning doirasida 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod prezident farmon va qarorlari qabul qilindi.

"Kecha roppa-rosa besh yil bo‘ldi prezident vazifasini qabul qilganimga. Shu davr mobaynida islohotlarimiz kirib bormagan birorta tarmoq qolmadi. Bugungi kunda davlatimiz inson uchun xalq uchun ochildi, xalq bilan bevosita muloqot qilish bo‘yicha yangi tizim yaratildi, xalq ichiga kirish, uning dardiga quloq solish va tashvishiga sherik bo‘lish asosiy mezonimizga aylandi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan so‘ng prezident amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Qator islohotlarda ayrim kamchilik va xatolar bo‘ldi. yana bir aytaman biz izlanishdamiz. lekin to‘la ishonch bilan aytishim mumkin barcha islohotlarimiz mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan.
Pandemiyaga qaramay milliy iqtisodiyotni barqaror ushlab qolishga erishdik - bugun buni xalqaro hamjamiyat xolisona e’tirof etmoqda.

So‘nggi besh yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti 24%, sanoat – 34%, eksport hajmi 1,5 barobarga, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 3 barobarga o‘sdi. Bu biz qo‘lga kiritgan yuqori natijalardan dalolat beradi. Shu davrda o‘rtacha oylik ish haqi - 2,2 marta ko‘paydi.

Moliya siyosatini tubdan takomillashtirish va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, hududlarni rivojlantirish masalariga e’tibor qaratmoqdamiz, har bir ishimizda natija bo‘lishi kerak, amaliy natijadorlik inson manfaati islohotlarimizning bosh maqsadiga aylandi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda har 100ta oilaga 160ta televizor, 287ta telefon va 49ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiShavkat Mirziyoyev na syezde O‘zLiDep
Shavkat Mirziyoyev na syezde O‘zLiDep  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Shavkat Mirziyoyev na syezde O‘zLiDep
Shavkat Mirziyoyev ta’limga katta e’tibor berish va yoshlarni ta’lim olishga chaqirdi.
"Ta’lim, ta’lim va faqat ta’lim. El-yurtimiz yangi dasturlarimizni oshirishimizni kutmoqda. Eng avvalo yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, fuqarolar va millatlar o‘rtasida do‘stlikni saqlash, har bir vatandoshimizni huquq va erkinliklarini qonuniy ta’minlash, ehtiyojmand aholini ijtimoiy muhofaza qilish,
O‘zbekistonni xalqaro maydonda obro‘ e’tiborini oshiradigan strategiya ishlab chiqdik. Mamlakatimiz aholisi 35 mln yetdi, 2024-yilga borib 38 mlndan oshishi kutilmoqda. Aholimizni qariyb 57 foizini yoshlar tashkil etadi. Bunday demografik o‘sish biz uchun ham katta imkoniyat va shu bilan birga katta mas’uliyat", - dedi prezident.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Desatiy syezd partii UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Desatiy syezd partii UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Desatiy syezd partii UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Desatiy syezd partii UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Syezd qaroriga ko‘ra O‘zLiDeP qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston prezidentligiga partiya nomzodini ro‘yxatga olishni so‘rab Markaziy saylov komissiyasiga murojaat etadi.
Syezdda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0