Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon SHHT sammiti doirasida alohida uchrashuv oʻtkazadi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari Dushanbe shahrida oʻtkaziladigan SHHT sammiti doirasida alohida uchrashuv oʻtkazishga kelishib oldi.
TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. 8 sentyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev birodar Tojikiston prezidenti va xalqini mustaqillikka erishilganining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etdi.
Suhbatda ikki davlat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Siyosat
Mirziyoyev va Rahmon Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi
Prezidentlar joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida oʻtkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi tadbirlariga tayyorgarlikning borishini koʻrib chiqdilar, shuningdek, Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.
SHHTning boʻlajak sammiti doirasida yetakchilar ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan alohida uchrashuv oʻtkazishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader