Dunyoda

"Shimoliy oqim-2" - birinchi oktyabrdan ishga tushadi

© REUTERS / Maxim ShemetovTruba gazoprovoda Severnыy potok - 2
Truba gazoprovoda Severnыy potok - 2  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Rossiya va Germaniya AQShning qarshiligiga qaramasdan "Shimoliy oqim-2"ni ishga tushirishga muvaffaq boʻldi. Bu loyiha suyultirilgan gazga nisbatan ham ekologik ham iqtisodiy jihatdan samarali.
TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. "Shimoliy oqim-2" - birinchi oktyabrdan ishga tushadi. Bu haqida Bloomberg xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, ayni damda quvur yotqizish ishlari toʻliq yakunlangan. Gaz oʻtkazgichning ikkala quvuridam gaz haydash 1 dekabrga qadar boshlanadi.
Rossiya Germaniya bilan birgalikda AQShning qarshiligiga qaramasdan ushbu loyihani yakunlashga muvaffaq boʻldi. Amerika Yevropaga oʻzining suyultirilgan gazini sotishni rejalashtirgan edi, lekin Tramp postdan ketganidan soʻng Berlin Vashington bilan kelishish yoʻlini topdi.
"SHO-2" - suyultirilgan gaz sotib olishdan koʻra ikki baravar ekologik toza va iqtisodiy samarali loyihadir. Ushbu quvur uzunligi Yevropaga keladigan boshqa quvurlardan koʻra 2 ming km. qisqa, yaʼni "SHO-2" - ikki baravar kamroq kompressorlar ishlatadi.
Yevropa kompaniyalari "SHO-2"ga YEI iqtisodini qutqarish vositasi sifatida qaramoqda. Bu yil qish mavsumi oldidan "zangori olov" narxi keskin oshib 1000 m3 yonilgʻi narxi rekord darajasidagi 650 dollarga yetdi.
GFR "Shimoliy oqim -2"ning ishga tushishi YEIda ekologik vaziyatni yaxshilaydi va Rossiya bilan yashil energetika sohasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi. Kelajakda esa, "SHO-2"ni vodorod uzatish uchun moslashtirish mumkin, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader