Migratsiya

Sobyanin qonunbuzar-migrantlarga "deport" va "zapret" qoʻllash davom etishini maʼlum qildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSotrudniki politsii i passajir
Sotrudniki politsii i passajir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Sobyanin migratsiya qonunchiligini buzuvchilarga keskin choralarni koʻrish amaliyoti davom etishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Migratsiya qonunchiligi buzilishi holatlarida chet el fuqarolarini hibsga olish, jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish, mamlakatdan chiqarib yuborish va kirishni taqiqlash boʻyicha qattiq choralar davom etadi, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin.
"Bezorilik, migratsiya qonunchiligining buzilishiga kelsak, faqat bitta retsept - jazolash, mamlakatdan chiqarib yuborish va kirishni taqiqlash. Bu aslini olganda amalga oshirilmoqda. Bu vaziyatning keskinligini sezganimiz bilan darhol qoʻlga olish, jinoiy ishlarni qoʻzgʻatish, mamlakatdan chiqarib yuborish, kirishni taqiqlash va boshqalar boʻyicha qattiq choralarni amalga oshirishni boshladik. Bu amaliyotni davom ettiramiz. Iltimos, mamlakatga kelinglar, ishlanglar, lekin jamoat tartibini buzish kerak emas", - dedi Sobyanin" Komsomolskaya pravda "saytiga bergan intervyusida.
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2021
Migratsiya
Moskva meri “deport” va “zapret” qoʻyilgan migrantlar sonini maʼlum qildi
Uning taʼkidlashicha, migrantlar kam boʻlgani uchun emas, balki qurilish loyihalarining koʻpligi sababli ishchi kuchining taqchilligi yuzaga kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala