Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar Ahmad Shoh Masʼudning buzilgan qabr toshini tiklamoqchi - video

© Aleksandr Khrolenko Mavzoley Axmada shax Masuda v Pandjsherskom uщelye
Mavzoley Axmada shax Masuda v Pandjsherskom uщelye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Toliblar Ahmad Shoh Masʼudning buzilgan qabr toshini tuzatish uchun Kobulga olib kelmoqchi.
TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Tolibon* “Shimoliy alyans” rahbari Ahmad Shoh Masʼud maqbarasidagi singan qabr toshini qayta tiklamoqchi. Bu haqda AfghanUrdu nashri Twitterdagi sahifasiga maʼlumot joylashtirildi.
Avvalroq Afgʻoniston IIV jangarilar tomonidan Masʼud qabrining tahqirlanishi haqidagi bayonotni rad etdi.
 Axmad Shax Masud - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar Ahmad Shoh Masʼudning qabrini tahqirlashdi
Vazirlik vakillari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlar "feyk va fotoshop" ekanligini taʼkidlashdi. Radikallar buning isboti sifatida buzilmagan qabrning suratini ilova qilgan.
Keyinchalik Masʼud maqbarasining hozirgi holatini aks etgan surat va videolar paydo boʻldi.
Kadrlardan koʻrinib turibdiki, qabrda nafaqat oynali plita singan, balki qabr toshi ham buzilgan. Jangarilar toshni oʻlchash asbobi bilan oʻlchab, uni qanday tuzatish kerakligi haqida oʻylamoqda.
AfghanUrdu nashri maʼlumotida qayd etilishicha, jangarilar Panjsherga hujum qilganda yodgorlikni vayron qilishgan. Ayni vaqtda harakat vakillari qabr toshini qayta tiklash uchun Kobulga olib ketmoqchi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala