Madaniyat

Xivada “Markaziy Osiyo dunyo tsivilizatsiyalari chorrahasida” forumi oʻtkaziladi

Xiva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Anjuman doirasida bir qator tadbirlar, xususan, Xivada madaniy meros masalalari boʻyicha YUNESKO bilan hamkorlikda Xalqaro maslahat qoʻmitasining 1-yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo tsivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi oʻtkaziladi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Madaniyat vazirligi mutasaddilari maʼlum qildi.
Anjuman doirasida bir qator tadbirlar, xususan, Xivada madaniy meros masalalari boʻyicha YUNESKO bilan hamkorlikda Xalqaro maslahat qoʻmitasining 1-yigʻilishi, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo turizm forumi, Toshkentda esa Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha butunjahon jamiyatining V Xalqaro kongressi boʻlib oʻtadi.
Shuningdek, Nukus shahrida “Arxeologiya va turizm: salohiyatni belgilash va merosni boshqarish” xalqaro arxeologiya konferentsiyasi hamda II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish belgilangan.
Forumga tayyorgarlik doirasida qadimiy Xorazm davlati tarixiy eksponatlari saqlanayotgan Rossiya va boshqa davlatlar muzey va fondlari bilan aloqa oʻrnatib, arxeologiya ashyolari, qadimiy qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy hujjatlar, osori-atiqalar, madaniy boyliklarning asl yoki koʻchirma nusxalari, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va toʻplamlar, video va foto hujjatlar kabi manbalarni Oʻzbekiston hududiga olib kelish choralari koʻrilmoqda.
Rossiya ilmiy-tadqiqot jamoatchiligi bilan birgalikda qadimiy Xorazm davlati merosini keng oʻrganish va tadqiqotlar olib borish maqsadida arxeologik-etnografik ekspeditsiya tashkil etish ham koʻzda tutilgan.
Flagi stran SNG - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2021
Madaniyat
MDH davlatlari ziyolilari va sanʼat vakillari Toshkentda toʻplanishadi - Madaniyat vazirligi
Tadbirlarda ishtirok etish uchun bugungi kunga qadar YUNESKO va AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlardan mutaxassislar, hakamlar hayʼati aʼzolari, faxriy mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari roʻyxatdan oʻtkazildi.
Forum ishtirokchilari uchun “Ichan-Qalʼa” muzey-qoʻriqxonasi hududi boʻylab tarixiy teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala