Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi qaysi xalqaro sertifikatlar tan olinadi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatda 11 ta tilni bilishni tasdiqlovchi 30 ta eng mashhur testlar keltirilgan. TOEFL, IELTS, (TOPIK I), TORFL, TRKI shular jumlasidan.
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. O‘zbekistonda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlarning ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatda 11 ta tilni bilishni tasdiqlovchi dunyodagi 30 ta eng mashhur testlar keltirilgan. Ular orasida ingliz tili bo‘yicha TOEFL, IELTS, TESOL, CELTA, fransuz tili bo‘yicha DELF, DALF, TCF, nemis tili bo‘yicha Goethe-Zertifikat, DSD, DAF, rus tili bo‘yicha TORFL, TRKI, koreys tili bo‘yicha (TOPIK I), (TOPIK II) testlari bor.
Bundan tashqari, xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar o‘rtasidagi muvofiqlik darajasi belgilangan. Bu qaror xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish maqsadida qabul qilingan.
Uchebniki dlya russkoyazichnix shkol v Rossiysko-Tadjikskom (slavanskom) universitete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2021
Yangi o‘quv yilida rus tili bo‘yicha 600 mingta yangi darsliklar chop etiladi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda davlat ta’lim muassasalari xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha talablar belgilangan.
Unga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0