Hodisalar

“Xurmacha qiliqlar”: ijtimoiy tarmoq orqali soʻkingan oʻquvchi qizlarga chora koʻriladi

© Navoiy viloyati IIB axborot xizmatiIjtimoiy tarmoq orqali soʻkingan navoiylik oʻquvchi qizlar uzr soʻradi
Ijtimoiy tarmoq orqali soʻkingan navoiylik oʻquvchi qizlar uzr soʻradi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Ularga qonuniy chora koʻrish maqsadida yuzasidan yigʻilgan materiallar Navoiy shahar hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilgan.
TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Kun kecha ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi maktablardan birida dars payti jonli efirga chiqib, behayo soʻzlarni ishlatgan oʻquvchi qizlar videosi tarqaldi.
Viloyat IIB matbuot xizmati ushbu oʻquvchi qizlarning shaxsiga aniqlik kiritilganini maʼlum qildi.
Surishtiruv harakatlari davomida ular Navoiy shahridagi 10-sonli maktab oʻquvchi qizlari 2005 yilda tugʻilgan J.A., T.J. va R.J. ekanligi aniqlangan. Holat 8 sentyabr kuni huquq fani darsida tasvirga olingan.
Mediko-sanitarnaya chast aeroporta Domodedovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Hodisalar
Andijonda qalbaki PZR-testini tayyorlab sotishni biznesga aylantirgan oʻquvchilar ushlandi
Holat yuzasidan oʻsha maktab direktori, oʻquvchilarning ota-onalari, shuningdek, Navoiy shahar IIB XPB VEB inspektor-psixologlari ishtirokida muhokama tashkil qilindi.
Qizlarning aytishicha, bu shunchaki hazil tariqasida olingan. Ular qilgan ishidan chin dildan pushaymon boʻlib, uzr soʻrashgan.
Hozirda holat yuzasidan yigʻilgan materiallar qonuniy chora koʻrish maqsadida Navoiy shahar hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala