Hodisalar

“Hizb-ut Tahrir”*ga aʼzo boʻlgan 29 nafar ayol qoʻlga olindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Djidda
Goroda mira. Djidda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
“Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkilotining “Ayollar qanoti” jamoasi aʼzolarini jinoiy faoliyatiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. 10 sentyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 159 va 2442 - moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida hozirda qidiruvda boʻlgan “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti aʼzolari – 1970 y.t., L.Umarova va 1974 y.t., M.Saydaminovalar bilan internet tarmogʻi va turli ijtimoiy messenjerlar orqali aloqa qilib, ularning koʻrsatmalari asosida aholi orasida tashkilot gʻoyalarini targʻib qilish va tashkilot safini kengaytirish bilan shugʻullanib kelgan Toshkent shahrining Shayxontohur, Uchtepa, Olmazor, Sirgʻali va Yakkasaroy tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent va Qibray tumanlarida yashovchi 29 nafar “Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkilotining “Ayollar qanoti” jamoasi aʼzolarini jinoiy faoliyatiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Sotrudnik FSB RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Hodisalar
FXX “Hizb ut-Tahrir”*ning 15 nafar aʼzosini qoʻlga oldi - video
Ayollarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilib olindi.
Hozirda ayollarning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader