Migratsiya

Mirziyoyev jurnalistlar haqida: hamisha prezident himoyasida boʻlasiz

© Muxiddin AliShavkat Mirziyeyev uchastvuyet v rabote sʼyezda Liberalno-demokraticheskoy partii Uzbekistana
Shavkat Mirziyeyev uchastvuyet v rabote sʼyezda Liberalno-demokraticheskoy partii Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Mirziyoyev jurnalistlarni oʻzining eng yaqin doʻsti deb atadi.
TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-sentyabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining X sʼyezdida soʻzlagan nutqi davomida jurnalistlar hamisha prezident himoyasida boʻlishini taʼkidladi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Jumladan, jurnalistlar haqida gapirar ekan, Oʻzbekiston prezidenti ularni oʻz doʻsti deb atadi.
Logotip Rossotrudnichestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Rossiya
Rossiya va Oʻzbekiston jurnalistlari OAVni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishadi
"Ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davom ettirilib, jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Men, haqiqat va adolatni oʻz eʼtiqodi deb biladigan barcha jurnalistlarni — islohotlarning faol ishtirokchilari, oʻzimning eng yaqin doʻstlarim deb bilaman va ular hamisha prezident himoyasida boʻladi", - dedi Mirziyoyev.
Oʻzbekiston yetakchisi oʻz nutqlarida jurnalistlar haqida koʻp toʻxtaladi. Davlat rahbari viloyatlar boʻylab ishchi safarlarida ham jurnalistlar bilan tez-tez muloqot qilib keladi.
Xokim goroda Kokanda Maruf Usmonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Turizm
“Ekstravagant qaror”: hokim Maʼruf Usmonov kutilmaganda xorijiy jurnalistlarga gid boʻldi
Jumladan, Mirziyoyev joriy yil mart oyida Toshkent viloyati Chinoz tumaniga tashrifi davomida jurnalistlar bilan suhbatlashib, ulardan koʻproq xalq dardini tinglashni soʻragan edi.
"Bizning eng katta muammoimiz - hamma amaldorlar ham quyiga tushib, xalqning ichiga kirishni uddalay olmayapti. Yurish kerak, xalqning dardini eshitish kerak. Shu masalada jurnalistlarga ham iltimosim bor - siz hamma joyda yurasiz. Mening qadamim yetmagan joyda ham siz albatta boʻlasiz. Xalq bilan koʻproq suhbatlashing, ularning dardini eshiting", - degan edi oʻshanda Oʻzbekiston yetakchisi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala