Siyosat

Qochqinlar koʻp miqdorda kelsa oqimni ushlab qolish qiyin boʻladi - Rossiya elchisi

© Sputnik / ZiyaLager dlya afganskix bejentsev v italyanskom gorode Avetstsano
Lager dlya afganskix bejentsev v italyanskom gorode Avetstsano - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Afgʻonistondan qonchinlar bilan birga radikal gʻoyalar ham kirib kelishi mumkin. Bu borada chegara yordam bermaydi - Malginov
TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Bugungi kundagi vaziyatda Afgʻonistondan ehtimoliy qochqinlar oqimi muammosi Moskva va Toshkent kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir. Ikki davlat vakillari ushbu masalani muntazam ravishda muhokama qilib kelishmoqda, deydi Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov.

"Yangi xavflar - bu Oʻzbekiston janubidagi mamlakat. U tomondan qochqinlar oqimi kelishi mumkin va chegaralar ancha shaffof boʻlgani uchun bu masalani Vladimir Putin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bir necha bor muhokama qilgan", - deydi Malginov.

Diplomat aytishiga koʻra, agar qochqinlar "toʻsatdan va koʻp miqdorda" kelsa, ularning oqimini ushlab qolishning deyarli imkoni boʻlmaydi.
Shuningdek “xavfsizlik muammosi ham paydo boʻlishi mumkin” va buni ham hisobga olish kerak.
"Hozircha Afgʻonistondagi vaziyat noaniqligicha qolmoqda va tashvishga solmoqda. U tomondan radikal gʻoyalar ham kirib kelishi mumkin. Bu borada esa chegara yordam bermaydi", - deydi elchi.
Eslatib oʻtamiz, Avgust oyining oʻrtalarida Tolibon* Qobulga shahri va prezident saroyini egallab hokimiyatni qoʻlga kiritdi. Dushanba kuni Afgʻonistonning oxirgi 34-viloyati boʻlgan Panjshirni hamqoʻlga kiritdi. Shundan soʻng ular oʻzlarining muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qilishdi. Hukumatni Tolibon*ning birinchi hukmronlik davrida tashqi ishlar vaziri boʻlgan va BMT sanktsiyalari ostida boʻlgan Muhammad Hasan Oxund boshqaradi.
*Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi guruh.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala