Hodisalar

Samarqandda "tadbirkorlar" salkam 3 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlashdi

© Sputnik / Andrey Varenkov / Fotobankka oʻtishBesporyadki v tulskom poselke Plexanovo
Besporyadki v tulskom poselke Plexanovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Samarqandda 1 oy ichida turli mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati salkam 3 mlrd. soʻmga teng miqdorda gaz oʻgʻirlangan.
TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Samarqandda avgust oyida ayrim “tadbirkorlar” tomonidan 2 mlrd 825 mln soʻmdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelinganligi aniqlandi, deb yozmoqda Energetika vazirligi.
Maʼlum boʻlishicha, 2021 yilning avgust oyida turli xildagi mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar tomonidan, shartnoma shartlariga amal qilmay, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish boʻyicha jami 12 ta holat aniqlanib, tarmoqdan uzilgan.
© MinenergoV Samarkande obnarujili nezakonnuyu vrezku v gazoprovod
V Samarkande obnarujili nezakonnuyu vrezku v gazoprovod  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
V Samarkande obnarujili nezakonnuyu vrezku v gazoprovod
Ushbu holatlar yuzasidan barcha toʻplangan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan. Gaz taʼminoti korxonalariga yetkazilgan zarar miqdori 2 825 687 120 soʻmni tashkil etmoqda.
Maʼlumot uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz taxminan 24 mingta xonadonning 6 oylik gaz isteʼmolini tashkil qiladi, deyilgan xabarda.

“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali yuridik shaxslarga tabiiy gaz yetkazib berishni nazorat qilish boʻlimi, Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korruptsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish boʻlimi hamda “Hududgaz Metrologiya” viloyat boʻlimlari hamkorlikda yakka tartibdagi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan gaz oʻgʻirliklarini aniqlash boʻyicha doimiy nazorat tadbirlari oʻtkazib kelmoqda.
Undan tashqari energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirish maqsadida, har bir hududda aholi orasida tegishli targʻibot hamda tushuntirish ishlari olib borilmoqda, deyilgan muassasa xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader