Video

Toshkent meni afsonaga aylantirdi - Kostya Tszyu

Professional boks boʻyicha mutlaq jahon chempioni qanday qilib Toshkent uning karyerasida va oilaviy hayotida muhim rol oʻynaganini aytib berdi.
TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Afsonaviy sportchi Kostya Tszyu bugun Oʻzbekistonda. Matbuot anjumanida u oʻz rejalari bilan boʻlishdi va Toshkent shahri uning hayotida qanday muhim rol oʻynaganini aytib berdi.
Tszyu aytishiga qaraganda, u ilk bor aynan Toshkentda keng ommaga tanilgan va ushbu shahar uning karyerasida muhim tramplinga aylangan va hatto oilasini tiklashga yordam bergan.
"1988 yilda boks boʻyicha SSSR chempionati aynan Toshkentda boʻlib oʻtgan edi. Men oʻshanda ikkinchi oʻrinni egalladim. Bu menga Olimpiada yoʻllanmasini berdi va mening buyuk sport kareram shunday boshlandi", deb eslaydi. Kostya Tszyu.
Undan tashqari taqdir taqozosi bilan men bu yerda oʻz opamni topdim. Tszyu familiyasi koreyslarda juda kam uchraydi. Men 25% koreysman.
Xullas oʻshanda opam gazetalarda qandaydir “Tszyu” musobaqalarda gʻolib boʻlayotganini eshitib mehmonxonaga meni oldimga kelib “Balkim biz qarindoshmiz?” deb soʻragan edi. Darhaqiqiat, surishtirib bilsak biz qarindosh boʻlib chiqdik, deb hikoya qiladi bokschi.
Eks-chempion mira po boksu Konstantin Tszyu provel master-klass v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Sport
Boks afsonasi Kostya Tszyu Toshkentda master-klass oʻtkazdi
Konstantin Tszyu, aytishiga qaraganda, sobiq SSSRda boks faqat 4ta respublikada rivojlangan boʻlgan: Rossiya, Ukraina, Oʻzbekiston va Qozogʻiston.
“Bugun ham Oʻzbekistonlik bokschilar xalqaro musobaqalarda munosib natijalar koʻrsatishayotgani. Super ogʻir vaznda Olimpiya chempioni – bu ajoyib natija”, - deydi Tszyu.
Bokschining Oʻzbekistonga kelishdan yana bir maqsaddi – ayni damda u promouterlik kompaniyasi ochgan. U yerda bokschi oʻz turnirini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda va ushbu munosabat bilan oʻzbekistonlik iqtidorli bokschilarni taklif qilgani kelgan. Bokschilar turnirda oʻzlarini koʻrsatish va pul ishlash imkoniyatiga ega boʻladilar.
Batafsil maʼlumot uchun videolavhani tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala